Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar AQShga ishga yuborilishi mumkin. O‘rtacha oylik – 3500 dollar
Migratsiya agentligi va USA Farm Labor tashkiloti o‘rtasida kelishuv imzolandi. O‘zbekistonliklar H-2A dasturi doirasida AQShdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinishi mumkin. Ish muddati 9-10 oy, o‘rtacha maosh 3500 dollarni tashkil etadi.
Foto: Migratsiya agentligi
O‘zbekistonliklarni AQShga mavsumiy ishlarga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deya xabar berdi Migratsiya agentligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, USA Farm Labor 22 yildan beri H-2A dasturi doirasida AQShdagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga xorijiy ishchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda Shimoliy Amerika hududida 1400 dan ortiq fermer xo‘jaliklari va rancholar bilan hamkorlik shartnomasiga ega.
Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va USA Farm Labor tashkiloti rahbari Manuel Fisk o‘rtasida onlayn tarzda o‘tgan muloqotda o‘zbekistonlik nomzodlarni ilk bor AQShdagi mavsumiy ishlarga jalb etish tartiblari muhokama qilindi. Bunda:
- Ish muddati: 9–10 oy;
- O‘rtacha oylik: 3 500 dollar;
- Turar joy: ish beruvchi hisobidan;
- Malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.
«Uchrashuv yakunida o‘zaro kelishuv imzolandi hamda hamkorlikning keyingi bosqichlarini eng tez muddatlarda amalga oshirishga kelishib olindi», deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
11:02 / 04.04.2026
Tramp FTB direktorini ishdan olish haqida o‘ylamoqda
09:18 / 04.04.2026
Tramp 1,5 trln dollarlik harbiy budjetni talab qildi
09:11 / 04.04.2026
Eron: AQSh Yaqin Sharqda yana bir jangovar samolyotini yo‘qotdi
13:13 / 03.04.2026