Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer yadrosida temir oqimi paydo bo‘ldi
Buyuk Britaniya va Daniya geofiziklari Yer yadrosining ichki qismida temir oqimi paydo bo‘lganini aniqlashdi. Ushbu tadqiqotga bag‘ishlangan maqola Nature Geoscience jurnalida chop etilgan.
Temir oqimi Yerning Shimoliy qutbi ostida joylashgan suyuq tashqi yadrosi ichida hosil bo‘lgan. Uning kengligi ayni vaqtda 420 kmni tashkil etadi. Oqim bunday katta o‘lchamga yetishining sababi 2000 yillardan boshlab yiliga taxminan 40 kmga kengayganidir.
Geofiziklar taxmin qilishlaricha, ular kashf qilgan temir oqimi Yer magnit maydonini hosil qiluvchi obektlardan biridir. Olimlar o‘z kuzatuvlarini Swarm missiyasi yordamida amalga oshirgan. Swarm missiyasi Yevropa kosmik agentligining sayyoramiz magnit qobig‘ini o‘rganuvchi uchta sun'iy yo‘ldoshidan tashkil topgan majmuasidir.
Yer yadrosining radiusi 3,5 ming kilometrni tashkil etib, mantiya ostida, Yer sathidan 2,9 ming km chuqurlikda joylashgan. U qalinligi 2,2 ming kilometrni tashkil etuvchi suyuq tashqi qatlam va radiusi 1,2 ming kmga teng qattiq ichki yadroga ega.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
09:51 / 01.11.2025
«Yaqin orada bilib olasiz»: Tramp yadro sinovlari borasida aniq javob bermadi
14:01 / 29.10.2025