AQŞ prezidenti Donald Tramp 31 oktyabr kuni Vaşington yadroviy sinovlarni qayta boşlaşini tasdiqladi, ammo bu jumladan yadroviy portlaşlarni ötkazişni ham nazarda tutadimi-yöqmi, degan savolga aniq javob bermadi. «Men bu haqda gapirmayman», — dedi Tramp jurnalistlarga Vaşingtondan Palm-Biçga yöl olgan Air Force One bortida AQŞda yerosti yadroviy sinovlari qayta tiklanadimi-yöqmi, degan savolga javob qaytararkan.

«Sizlar buni juda yaqin orada bilib olasizlar, lekin ha, biz muayyan sinovlar ötkazamiz. Boşqa davlatlar buni qilyapti. Agar ular şunday qilsa, biz ham qilamiz», — dedi Amerika rahbari.

Tramp 33 yillik tanaffusdan söng yadroviy qurol sinovlarini boşlaşni Pentagonga topşirganini bildirgan edi. «Boşqa davlatlar sinov dasturlarini olib borayotgani sababli, Men Mudofaa vazirligiga yadroviy qurolimizni paritet asosida sinaşni boşlaşni buyurdim. Bu jarayon darhol boşlanadi», — deb yozdi u 30 oktyabr kuni TruthSocial’da. Oq uy rahbari ta’kidlaşiça, AQŞ «har qanday boşqa davlatga qaraganda köproq yadroviy qurolga ega».

Hozirça Tramp töliq quvvatli yadroviy portlaşlar, yetkazib beriş vositalarini sinaş yoki kallaklar portlaşsiz tekşiriladigan subkritik sinovlarni nazarda tutgan yoki tutmagani noma’lum.

AQŞ 1992 yildan beri tölaqonli yadroviy qurol sinovlarini ötkazmagan. Vaşington 1996 yilgi Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş töğrisidagi şartnomani imzolagan, biroq ratifikatsiya qilmagan. Şundan beri AQŞ Nevada poligonida yerostida subkritik sinovlar ötkazib kelmoqda.

Trampning bayonotiga javoban Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov şu kunning özida yadroviy qurol sinovlariga oid dunyoda amal qilayotgan moratoriyni eslatdi. Şuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning moratoriy buzilgan taqdirda «vaziyatga muvofiq harakat qiliş» haqidagi köplab bayonotlariga işora qildi.

Moskva sönggi marta 1990 yilda, SSSR davrida yadroviy sinov ötkazgan. Rossiya Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş töğrisidagi şartnomani imzolagan va ratifikatsiya qilgan, ammo 2023 yilda imzosini qaytarib oldi. Bundan oldin AQŞ Rossiyani yadroviy sinovlar moratoriyini buzişda ayblab kelgan.

Sönggi kunlarda prezident Putin avval çeklanmagan uzoqlikka ega, yadroviy qurilmaga ega «Burevestnik» qanotli raketa, söng yadroviy qurilma örnatilgan suvosti pilotsiz apparat «Poseydon» sinovlari haqida xabar berdi. Şu bilan birga, Rossiya yadroviy qurolning özi sinovdan ötkazilganini e’lon qilgani yöq. Tramp esa «Burevestnik» sinoviga oid Putin bayonotini «noörin» deb atadi.