Sport | 23:08 / 29.07.2021
30424
1 daqiqa o‘qiladi

Shomurodovning «Roma»dagi maoshi miqdori ma'lum bo‘ldi

«Jyenoa»dan «Roma»ga o‘tishi oydinlashgan Eldor Shomurodovning Rim klubida qancha maosh olishi ma'lum bo‘ldi.

Rossiyaning «Match TV» kanali xabariga ko‘ra, Eldor Shomurodov Rim jamoasida yillik 2 million yevro maosh oladi. Taqqoslash uchun, o‘zbekistonlik hujumchining Genuya klubidagi yillik maoshi 1,3 million yevroni tashkil etardi.

Avvalroq, Rim klubi o‘zbekistonlik hujumchini keyinchalik sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga olayotgani, Shomurodov uchun Genuya klubiga to‘lanadigan bir yillik ijara haqi 2,5 million yevroni tashkil etishi va transfer qiymati bonuslar hisobiga 20 million yevrogacha yetishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yilda «Rostov»dan «Jyenoa»ga 7,5 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar belgilangan. 

Ma'lumot uchun, Eldor A Seriya o‘tgan mavsumida 31 o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid