Özbekiston milliy terma jamoasi sardori va “Istanbul Boşoqşehir” hujumçisi Eldor Şomurodov Turkiya Superligasi mavsumini eng yaxşi töpurar sifatida yakunladi.
Özbekistonlik hujumçi uşbu mavsumda 22 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
“Trabzonspor” hujumçisi Pol Onuaçu hisobida ham şunça gol bor, lekin gollarning 6 tasini penaltidan urganligi sababli töpurarlar reytingida ikkinçi örinni egalladi.
Uçinçi örinni “Fenerbaxçe” a’zosi Anderson Taliska egalladi. Braziliyalik yarim himoyaçi mavsumni 19 ta gol va 4 ta assist bilan yakunladi.

Superliga töpurarlari reytingi:
Eldor Şomurodov — 22 gol, 5 assist.
Pol Onuaçu — 22 gol, 2 assist.
Anderson Taliska — 19 gol, 4 assist.













