«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
Keyingi yilda elektr energiya 24 foiz, tabiiy gaz narxlari 36 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, metan narxlari 39 foizga oshishi mumkin. «Bularning hammasi bizning 6-7 foizlik inflatsiya parametrlarimizda inobatga olingan», dedi Markaziy bank raisi.
2025 yilda energetika resurslari narxlarining oshishi Markaziy bankning 6-7 foizlik inflatsiya parametrlarida inobatga olingan. Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktyabr kungi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri «Energiya resurslarining taqchilligi ortidan narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi inflatsiyaga qanday ta’sir qiladi?» degan mazmunda regulyator rahbariga savol berdi.
«Keyingi yildan elektr energiya 24 foiz, tabiiy gaz narxlari 36 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, avtomobillarga gaz to‘ldirish [metan] narxlari 39 foizga oshishi belgilangan. Bularning hammasi bizning 6-7 foizlik inflatsiya parametrlarimizda inobatga olingan. Siz aytayotgan narsa, albatta, narxlarning oshishiga ta’sir qiladi. O‘zimiz guvoh bo‘ldik, suyultirilgan gaz bo‘yicha birjadagi ahvol, albatta, narxlarga ta’sir qiladi. Ularni biz xatarli ssenariyga qo‘yyapmiz, chunki oldindan baholay olmaymiz. Bizning ssenariy joriy sharoitlar kelgusi yilda ham saqlanib qoladi, tashqi sharoitlarning yomonlashuvi ichki sharoitlarga qanday ta’siri qilishi mumkin, degan holatlardan kelib chiqqan. Siz aytgan ehtimollar, albatta, inflatsiyani o‘zgartiradi va biz qarorlarimizda o‘zgartirishlar qilishga majbur bo‘lamiz», dedi Mamarizo Nurmurodov.
MB raisining qo‘shimcha qilishicha, valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
«Doim aytamiz, biz valuta kursi bo‘yicha prognoz bermaymiz, lekin valuta kursi o‘zgarishining inflatsiyaga ta’sirini o‘rganamiz. Oxirgi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Endi bevosita oltinning narxiga keladigan bo‘lsak, bu to‘g‘ridan to‘g‘ri inflatsiyaga bog‘liq emas, lekin oltindan tushadigan valuta mablag‘larining kursga ta’siri bo‘ladi. Oltin narxiga to‘xtaladigan bo‘lsak, kelgusi yilda hozirgi darajadan qisman pasaygan holda shakllanishini kutyapmiz, lekin keskin arzonlashishini kutayotganimiz yo‘q», dedi regulyator raisi.
Avvalroq, joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga ko‘paygani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni yakunladi
Jahon | 08:50
-
Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
Jahon | 08:34
-
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi
Jahon | 08:10
-
BMT: Isroil G‘azoda jurnalistlarni ataylab o‘ldirmoqda
Jahon | 07:50
Mavzuga oid

21:15 / 01.05.2025
Mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatladi

10:45 / 01.05.2025
O‘zbekistonda aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni tashkil etdi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

22:31 / 28.04.2025