22 apreldan boşlab Özbekistonda jismoniy şaxslar hisobvaraqlaridagi mablağ doirasida naqd çet el valutasini çeklovlarsiz yeçib olişlari mumkin. Banklar endilikda şikastlangan kupyuralarni mijozlarga qaytarib bermaydi. Xorijiy sayyohlar QQSni naqd çet el valutasida qaytarib olişadi. Xorijiy investorlar dividendlar va qimmatli qoğozlardan olinadigan daromadlarni bitta ariza bilan olişlari mumkin.
Asosiy özgarişlar Jismoniy şaxslarning hisobvaraqlaridagi naqd valutani olişlariga qöyilgan çeklovni bekor qildi. 22 apreldan 46¹-band qöşildi. Unda bank qaysi holatlarda naqd çet el valutasini mijozlarning hisobvaraqlaridan berişi mumkinligi körsatilgan.
Jismoniy şaxslarga hisobvaraqlaridagi mablağ doirasida naqd çet el valutasi çeklovlarsiz beriladi. Bu agardollarhisobvarağida50 ming dollar bölsa, mijoz bitta tranzaksiya orqali hamma mablağni yeçib olişi mumkin degani.
Yuridik şaxslar naqd valutani faqat ikkita holatda olişlari mumkin.
ustav fondiga jismoniy şaxslar tomonidan ilgari kiritilgan valuta mablağlarini qaytarişda;
xodimlarni Özbekistondan taşqariga xizmat safariga yuboriş bilan boğliq operatsiyalarda.
Xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalari va filiallari ham naqd valutani şu asosda olişlari mumkin: xodimlarni xizmat safariga yuborişda. Diplomatik vakolatxonalar boşqa maqsadlar uçun valutani banklarga rasmiy xat asosida olişlari mumkin.
39-bandga xatboşi qöşildi: banklar tomonidan 37 va 38-bandlarda körsatilgan şikastlaniş belgilari mavjud bölgan banknotalarning qayta muomalaga çiqarilişiga yöl qöymaydi.
Ilgari bank mijozga qaytim sifatida, hisobvaraqdan yeçib berişda yoki ayirboşlaş paytida yopiştirilgan, yirtiq yoki mayda doğlari bor kupyurani berişi mumkin edi. Bunday banknota rasman qonuniy tölov vositasi hisoblanardi. 22 apreldan boşlab şikastlaniş belgilari bor barça kupyuralar bank tomonidan inkassoga yuboriladi. Mijozga faqat toza banknotalar beriladi.
Mavzuga oid
Quyidagi şikastlaniş belgilariga ega banknotalar muomalaga çiqarilmaydi:
Mijozning huquqi özgarişsiz qoldi. Bank muomalaga yaroqli bölgan şikastlangan kupyurani ayirboşlaşni rad etmaydi. Muomalaga yaroqsiz banknota bank tomonidan inkassoga qabul qilinadi. Bu asosiy qoidalarning 35-bandida mustahkamlangan.
Xorijliklar nosavdo tusdagi ötkazmalarni amalga oşirişi mumkin
Fuqarolikka boğliqlik olib taşlandi. Endi Özbekiston bankida hisobvaraği bölgan jismoniy şaxs boşqa jismoniy şaxslarning Özbekiston banklaridagi hisobvaraqlariga nosavdo tusdagi valuta ötkazmalarini qabul qilişi va yuborişi mumkin.
Xorijiy investorlar birgina murojaat bilan daromadlarini çiqarib olişlari mumkin
23-bandga uçta yangi xatboşi qöşildi. Ular PF-254 farmoniga boğlangan bölib, norezidentlar uçun Özbekiston fond bozorida işlaşni soddalaştiradi.
Xorijiy investor quyidagi hollarda repatriatsiya uçun valutani sotib olişi mumkin:
fond birjasida qimmatli qoğozlarni sotişdan olingan daromadlar;
dividendlar;
foizlar va kuponlar;
obligatsiyalarni söndiriş;
qimmatli qoğozlardan olingan boşqa daromadlar.
Bank investor murojaati asosida valuta sotib oladi. Tuzatiş kiritilişidan oldin tasdiqlovçi hujjatlar töplami va har bir operatsiyani alohida kelişiş talab qilinardi.
Xorijiy sayyohlar QQSni naqd çet el valutasida qaytarib olişadi
22 apreldan boşlab qoidalarda bank hisobraqamidan naqd valuta beriş uçun yangi asos joriy etildi. Xorijiy fuqarolar bank orqali Tax Free töğrisidagi qonunçilik belgilaydigan tartibda QQSni naqd valuta şaklida qaytarib oladilar.
Xorijiy sayyohlar QQS qaytarmasini kartaga, ötkazmalar yoki vauçerlar orqali olardi. Endi esa bank kassalari orqali naqd pul şaklida qaytarib oliş mumkin böldi.
Qöşimça ravişda, 46-bandga norezident jismoniy şaxslardan naqd valuta qabul qiliş haqida yangi xatboşi kiritildi. Agar çet ellik fuqaro 45-bandning oltinçi, yettinçi yoki sakkizinçi xatboşilarida körsatilgan asoslar böyiça valuta kiritsa, bank uni nafaqat standart hujjatlar töplami asosida, balki mablağlarning qonuniy manbasini tasdiqlovçi boşqa hujjatlar asosida ham qabul qiladi.
Markaziy bank butun valuta bozorini FERUz’ga boğlamoqda
21-bandga «Valuta operatsiyalarini hisobga oliş» (FERUz) tizimi faoliyatiga oid xatboşi qöşildi. Endi banklar valuta oldi-sotdisiga oid barça operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni uşbu tizimga kiritadilar:
banklar örtasidagi;
mijozlar bilan;
valuta svoplari böyiça;
derivativlar böyiça.
Endi tizim butun valuta bozorini köradi: naqd, naqdsiz, banklararo va muddatli bozorlarni.
33-bandda FERUz tizimiga ulaniş tartibi bayon qilingan. Banklar ayirboşlaş kassalari, bank ofislari, çakana bölinmalar va valuta ayirboşlaş şoxobçalari haqidagi ma’lumotlarni Markaziy bankning hududiy Boş boşqarmasiga taqdim etadilar. Boş boşqarma obektlarni beş bank iş kuni içida röyxatdan ötkazib, ma’lumotlarni Markaziy bankka yuboradi. Markaziy bank esa yana beş bank iş kuni içida uşbu ma’lumotlarni tizimga kiritadi. Bankomatlar orqali amalga oşiriladigan operatsiyalar FERUz tizimidan ozod qilingan.
Banklar svoplar va derivativlar böyiça bitimlarni ISDA standartlari asosida tuzadi
10-band qayta yozildi. Markaziy bank va banklar valuta svoplari va derivativlar böyiça bitimlarni uç yöl bilan tuzadilar: töğridan-töğri özaro, öz mijozlari bilan yoki valuta birjasi orqali. Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasi (International Swaps and Derivatives Association, ISDA)ning namunaviy şartlari yoki birjaning içki qoidalari asos sifatida qöllaniladi.
Mijoz valuta sotib oliş böyiça arizadagi xatoni qayta ariza topşirmasdan tuzatadi
24-bandga ikkinçi xatboşi qöşildi. Agar valuta sotib oliş böyiça ariza 23-band talablariga zid ravişda rasmiylaştirilgan bölsa, mijoz unga texnik tuzatiş kiritadi. Bank arizani rad etmaydi.
Ilgari bank notöğri rasmiylaştirilgan arizani rad etardi. Yuridik şaxs hujjatlarni qaytadan töplab, qayta ariza topşirişi kerak edi. Endi esa kompaniya xatoni tuzatadi va aynan şu ariza bilan işni davom ettiradi.
24-bandning uçinçi xatboşisidan «va tasdiqlanadi» degan ibora çiqarib taşlandi. Ariza röyxatdan ötkazilgan paytning özida qabul qilingan hisoblanadi.
Barça banklar yagona qoidalar asosida işlaydi
Qarordagi barça tegişli bandlarda «tijorat banklari» degan sözlar «banklar» degan sözga almaştirildi.
Uşbu özgariş tartibga solişni birlaştiradi. Endi Özbekistondagi barça banklar — tijorat, ixtisoslaşgan va davlat banklari valuta operatsiyalari böyiça yagona qoidalar asosida işlaydi. Ilgari ayrim me’yorlar faqat tijorat banklariga nisbatan qöllanilardi.