O‘zbekiston | 12:17 / 06.12.2021
7814
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik dasturchilar yaratgan ta'lim platformasi mukofot jamg‘armasi 500 ming dollarlik xalqaro tanlov finaliga chiqdi

Mohirdev onlayn ta'lim platformasi mukofot jamg‘armasi 500 ming dollarlik xalqaro Seedstars tanlovining final bosqichiga chiqdi. Bu haqda platforma asoschilari Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Seedstars

O‘zbekistonlik dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan Mohirdev onlayn ta'lim platformasida dasturlash, sun'iy intellekt va ATga oid yo‘nalishlarda ta'lim beriladi. Platformada hozirda 12 mingdan ortiq o‘quvchi ta'lim olmoqda.

Mukofot jamg‘armasi $500.000 bo‘lgan xalqaro startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi Seedstars’ning bu yilgi tanlovida 4500dan ortiq startap loyiha qatnashdi. Bular orasida eng yaxshi 30 loyiha final bosqichiga yo‘l oldi. 13-17 dekabrda bo‘lib o‘tadigan final bosqichida «Quality Education- FT x SDG Challenge» yo‘nalishida Mohirdev onlayn ta'lim platformasi ham g‘oliblik uchun kurashadi.

Seedstars – rivojlanayotgan mamlakatlardagi xalqaro startaplar tanlovi.

Platforma Seedstars venchur fondi ko‘magida 2012 yili Shveytsariyaning Jyeneva shahrida tashkil etilgan. Tanlov har yili turli sohalarda bitta g‘olibni aniqlaydi.

Bundan tashqari, platforma yaqinda bo‘lib o‘tgan ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha yillik tanlov – «Open Data Challenge» hakatonida g‘olib bo‘ldi.

Mavzuga oid