O‘zbekiston | 18:27 / 09.10.2017
10819
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi akademiyasida yiliga 160 nafar tinglovchi qayta tayyorlanadi

2017 yil 8 avgustdagi PF–5139-son Prezident Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentabrdagi 745-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

•  Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standarti;
•  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta'lim standarti;
•  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari;
•  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
•  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan o‘qitish ta'lim usullari orqali o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
•  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim dasturlari bo‘yicha ta'lim xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
•  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 o‘quv yillarida yakunlagan bitiruvchilar uchun beriladigan davlat namunasidagi sertifikat.

Shuningdek Qarorda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga 2017/2018 o‘quv yilida:

•  ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan 1 yillik kurslarga 60 nafar (shundan 24 nafar – davlat granti asosida, 36 nafar - to‘lov-kontrakt asosida);
•  ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan 4 oylik kurslarga davlat granti asosida 100 nafar tinglovchi o‘qishga qabul qilinadi. 4 oylik kurslarga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlari qabul qilinadi hamda ushbu kurslarga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
 
Hujjat 2017 yil 25 sentabrdan kuchga kirdi.

Mavzuga oid