Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savdo-sanoat palatasi – tadbirkorning dardini eshitib, unga tezkor ravishda yechim topiladigan yangi tizim
Savdo-sanoat palatasi huzurida soha va tarmoqlar qamrab olingan 21 ta qo‘mita tashkil qilindi.
8 iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Palata huzurida ish boshlagan qo‘mitalar raislari bilan uchrashdi va muloqot davomida dastlabki vazifalar muhokama qilindi.
Unga ko‘ra, har bir qo‘mita o‘z sohasidan kelib chiqqan holda rivojlanish tendensiyalarini baholaydi hamda barcha fikr-mulohazalarni umumlashtirib, yangi takliflar ishlab chiqadi.
“Bu – uzilmas zanjir”, deb ta’kidladi SSP rahbari Davron Vahobov. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir hududdagi mas’ullar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yiladi. Asosiy vazifa – tadbirkorlarning fikrini sohalar kesimida to‘plab, ularni yuqoriga olib chiqish va tadbirkorni qiynayotgan masalalarga tezkor yechim topish.
Yangi tizimning muhim jihati, endi biznes egalarini qiynayotgan masalalarni aniqlash yanada tezlashadi.
Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etilgan qo‘mitalar ro‘yxati:
- Qurilish, infrastruktura va muqobil energetika sanoati masalalari qo‘mitasi;
- Geologiya, tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik sanoati masalalari qo‘mitasi;
- Farmatsevtika masalalari qo‘mitasi;
- Urug‘chilik masalalari qo‘mitasi;
- Turizm masalalari qo‘mitasi;
- Xizmatlar sohasi qo‘mitasi;
- Savdo masalalari qo‘mitasi;
- Marketing va reklama qo‘mitasi;
- Xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligi masalalari qo‘mitasi;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari qo‘mitasi;
- Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar masalalari qo‘mitasi;
- Texnik tartibga solish va standartlashtirish masalalari qo‘mitasi;
- Agrosanoat masalalari qo‘mitasi;
- Ta’lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish qo‘mitasi;
- Sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi;
- Charm-poyabzal, ipakchilik va jun sanoati masalalari qo‘mitasi;
- Hunarmandchilik va zargarlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi;
- Elektrotexnika sanoati masalalari qo‘mitasi;
- Mebelchilik sanoati masalalari qo‘mitasi;
- Logistika va yuk tashish masalalari qo‘mitasi;
- Oziq-ovqat sanoati masalalari qo‘mitasi.
Agar tadbirkor bo‘lsangiz, Sizda ham o‘z yo‘nalishingizdagi Qo‘mitaga a’zo bo‘lish va sohangiz bo‘yicha fikr-mulohazalaringizni ilgari surish imkoni mavjud!
Aloqa uchun raqamlar:
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)
Mavzuga oid
19:44 / 22.10.2025
“Qashqadaryoda ish beruvchilar va ishchilarning qo‘nimsizligi eng katta muammo” – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov
17:18 / 13.08.2025
“Quruvchi tannarxidan emas, budjetga to‘laydigan solig‘idan chegirma qilib beryapti” – SSP raisi
15:19 / 07.07.2025
O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma Savdo-sanoat palatasi tuziladi
22:20 / 11.02.2025