Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovga köra, bugungi kunda tadbirkorlarning özlari raqobatning teng şartlarini va biznes yuritişning şaffof mexanizmlarini yaratiş taşabbusi bilan çiqyapti.
«Ular xufiyona işlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari qonuniy işlaydigan tadbirkorlarga teng raqobat qilmayotganini ta’kidlayapti. Şu sababli qonuniy işlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari tarafidan qonuniy işlamaydigan tadbirkorlarga çoralarni kuçaytiriş takliflari berilyapti», – dedi u «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Vahobov quriliş sohasidan misol keltirib ötdi: «Betonli domlarimizning bir kvadrati 4 million 600 ming söm (yerning narxini qöşmaganda). Ğiştli domlarimizning narxi 5,5−6 million söm. Tadbirkor ertaga qaysidir mijozga şu uyni sotadigan bölsa, u davlatga tölanmagan soliq natijasida uyning narxini imtiyozli qilib beryapti, ya’ni çegirma ötib beryapti. Lekin u mahsulot tannarxidan emas, budjetga tölaydigan soliğidan çegirma qilib beryapti».
SSP raisi sözlariga köra, qişloq xöjaligi va transport sohasida ham xufiyona iqtisodiyot juda yuqori darajada kuzatilmoqda.
«Transport kompaniyasida 150 ta transport ulovi böladigan bölsa, faqat 15 kişi rasmiylaştirilgan. Bunday kompaniyalar uçun prezident tomonidan rağbatlantiruvçi mezonlarni köpaytiriş, ularga arzon aylanma mablağ krediti yoki boşqa imtiyozlardan berib, işçi örinlarining şaffof körsatilişiga erişiş böyiça aniq yönalişlar berildi», – deya ta’kidladi u.
Avvalroq, 2028 yilgaça respublika böyiça bosqiçma-bosqiç köçmas mulkning bozor qiymatini aniqlaş tizimiga ötilişi xabar qilingandi. Şu asosda köçmas mulk soliği stavkalari ham pasaytirib boriladi. Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev Toşkentda uy-joyning minimal qiymatini belgilaş va kelgusida şu me’yorga rioya qiliş böyiça takliflar işlab çiqişni taklif qilgandi. U poytaxtda uy-joyning 1 kv metr qiymati kamida 500 dollar ekanini ta’kidlab ötgandi.












