Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhabbat ila O‘zbekiston diyoridan: Kia Sonet Qirg‘iziston bozoriga chiqishni boshlaydi!
Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi Bishkekka Sonet krossoverlarining birinchi qismini jo‘natib, Qirg‘iziston bilan uzoq muddatli hamkorlikni boshladi. 2025 yil aprel oyida Luxe va Prestige komplektatsiyalaridagi avtomobillarning bir qismi Kia kompaniyasining Qirg‘izistondagi rasmiy distribyutoriga yuborildi.
Foto: Kia
Sonet allaqachon O‘zbekistondagi xaridorlarning ishonchini qozondi – 2025 yil 1 aprel kuniga qadar ushbu krossoverlarning 11,5 mingdan ortiq donasi mamlakatimiz avtomobil bozorida sotildi. Endilikda ommabop model Qirg‘iziston avtohavaskorlarini xursand qilish uchun qo‘shni davlat bozoriga chiqmoqda.
Roppa-rosa bir yil avval, 2024 yil mart oyida ADM Jizzakh CKD zavodining ishga tushirilishi bilan Kia Sonet’ni seriyali ravishda ishlab chiqarish boshlandi. Aprel oyining o‘zidayoq birinchi avtomobillar sotuvga chiqa boshladi. Iyul oyida yubileyli 1000-Sonet konveyerdan chiqarildi, atigi olti oy o‘tgach esa yuqori talab va xaridorlarning ishonchi tufayli ishlab chiqarish hajmi 10 baravar oshdi. Ushbu hayratlanarli o‘sish sur’atlari O‘zbekiston avtohavaskorlarining modelga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Kia Sonet’ning jadal muvaffaqiyatining isboti sifatida "TAF!24" festivalidagi erishgan ulkan yutug‘i hisoblanadi. 2024 yil oktyabr oyida krossover SUV-B toifasida "Yilning ulkan yutug‘i" deb topildi va mutaxassislar hamda iste’molchilar orasida mashhurligini tasdiqladi. Bundan tashqari, "Yangi liderlar davri yaqinlashmoqda" radioreklamasi avtomobil bozori uchun modelning naqadar muhimligini ta’kidlab, "Kumush"ni qo‘lga kiritdi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashni istardikki, Kia Sonet krossoverining eksporti Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu modelga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Kelajakda Qirg‘izistondagi hamkorlar bilan rejalashtirilgan uzoq muddatli hamkorlik nafaqat Sonet modelining sotuvini oshirish, balki Kia’ning Markaziy Osiyo bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi.

Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va O‘zbekistondagi narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram bot | YouTube
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 04.07.2025
#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!
17:00 / 24.01.2025
KIA Sonet yubileyi: ADM Jizzakh zavodida 10 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi
19:00 / 23.10.2024
Kia Sonet texnik xususiyatlari: ishonchlilik va tejamkorlik
17:00 / 19.10.2024