ADM Jizzakh – Özbekistonda xususiy investitsiyalar asosida taşkil etilgan birinçi avtomobil zavodidir. Zavodning alohida ahamiyati şundaki, krossover Kia Sonet mamlakatimizda töliq texnologik jarayon (CKD), ya’ni kuzovlarni payvandlaş, böyaş va yiğiş jarayonlarini öz içiga olgan işlab çiqariş sikli asosida işlab çiqarilayotgan birinçi Kia modeliga aylandi. Sonet avtomobillarini işlab çiqariş 2024 yil mart oyida boşlangan bölib, yiğuv jarayonining ilk kunlaridanoq modelning lokalizatsiya darajasi 30% ni taşkil etdi.

Muvaffaqiyatga erişiş yöli

2024 yil iyul oyida 1minginçi Kia Sonet işlab çiqarildi va bu zavod uçun buriliş nuqtasi böldi. Keyingi olti oy içida avtomobillar işlab çiqariş hajmi 10 barobarga oşdi. Bu iste’molçilarning ortib borayotgan talablari va işonçidan darak beradi. Kia Sonet zamonaviy dizayn, tejamkorlik va köplab qulay funksiyalarni özida mujassam etgan. Bu sifatlar modelni şahar hayoti hamda sayohatlar uçun universal yeçimga aylantirib, uning işonçliligi va funksionalligini yanada yorqinroq körsatdi.

ADM Jizzakh'ning Özbekiston avtomobil sanoatidagi örni

ADM Jizzakh zavodi ADM Global kompaniyalar guruhining tarkibiy qismi bölib, u Kia brendining Özbekistondagi rasmiy distribyutori sanaladi. Zavodning faoliyati Kia Corporation bilan strategik hamkorlik doirasida amalga oşirilmoqda. Bu şerikçilik milliy iqtisodiyotni rivojlantirişga, iş örinlarini yaratişga hamda Özbekistonning mintaqaviy avtomobil bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlaşga hissa qöşmoqda. Hozirda zavodda 3000 dan ortiq xodim mehnat qiladi.

10 000 minginçi Kia Sonet'ning işlab çiqarilişi Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomobillarning sifatga bölgan iste’molçilar işonçini hamda içki va mintaqaviy bozor talablarini qondirişda milliy işlab çiqarişning ahamiyatini namoyon etadi.

ADM Jizzakh milliy avtomobil sanoatining rivojlanişiga öz hissasini qöşişda davom etmoqda hamda yangi sifat va texnologik standartlarni joriy qilmoqda.

Özbekistonda Kia avtomobillari modellari, ularning texnik xususiyatlari, komplektatsiyalari va narxlari haqida ADM Global kompaniyalar guruhi sayti orqali ma’lumot oliş mumkin.

Ma’lumot uçun: