Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Azimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyuradi
Foto: president.kg
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi katta hukumat delegatsiyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga 26 dekabr kuni tashrif buyuradi.
Bu yerda keyingi hafta boshida O‘zbekiston va Tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Komissiyada O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov va Tojikiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Davlatali Said raislik qilmoqda, deb xabar beradi «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga asosan.
Hukumatlararo yig‘ilishda ikki davlat o‘rtasidagi temir va avtobus yo‘lini ochish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ikki davlat chegarasida yaqin orada yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochiladi.
Dushanbe uchrashuvida viza rejimini yengillashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:45 / 07.03.2026
O‘zbekiston mahalla tizimi Britaniyada qiziqish uyg‘otdi
13:24 / 07.03.2026
Suv tanqisligining oldini olish uchun yangi choralar qabul qilindi
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
15:28 / 02.03.2026