O‘zbekiston | 13:40 / 30.09.2025
1548
2 daqiqa o‘qiladi

130 tonnadan ortiq yaroqsiz mahsulotlar savdodan olib tashlandi

O‘zbekistonda 130 tonnadan ortiq yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olib tashlandi. 

Foto: Sanepidqo‘m

Respublikadagi 300 ta dehqon bozorlarida ichki ishlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyasi, veterinariya xizmati va bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda doimiy nazorat o‘rnatilishi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Sanepidqo‘mita matbuot xizmati.

Hamkorlikda tashkil etilgan o‘rganishlar davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan, organoleptik ko‘rsatgichlari me’yor talablariga javob bermaydigan 130 tonna 574,87 kg oziq-ovqat mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanib, o‘rnatilgan tartibda brakovka qilindi.

Go‘sht, sut, qandolat, salat va non mahsulotlarini savdo rastalaridan tashqarida, aravachalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravishda savdo qilayotgan 514 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma tuzilib, o‘rnatilgan tartibda jarimaga tortildi.

Dehqon bozorlarida quyidagi muammolar mavjud:

  • 111 ta dehqon bozorida go‘sht sotish uchun, 158 ta dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlarini sotish uchun maxsus jihozlangan pavilonlar tashkil etilmagan;
  • 27 ta dehqon bozorida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tashkil etilmagan;
  • 8 ta dehqon bozorlarida jamoat hojatxonalari, 17 ta dehqon bozorida chiqindilarni vaqtincha yig‘ish uchun maxsus chiqindixonalar tashkil etilmagan;
  • 80 ta dehqon bozorida suv ta’minoti kiritilmagan, 142 ta dehqon bozorida oqova suvlarni yig‘ish va zararsizlantirish ishlari tashkil etilmagan;
  • 77 ta dehqon bozorlarida dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun vakolatli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagan.

Mavzuga oid