Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jyeyms Uebb» teleskopi Uranning yangi yo‘ldoshini aniqladi
Yangi yo‘ldoshning diametri 10 km deb taxmin qilinmoqda.
Foto: NASA
«Jyeyms Uebb» kosmik teleskopi Uranning yangi, 29-yo‘ldoshini aniqladi, u S/2025 U1 nomi bilan ataldi, deb xabar berdi NASA.
«Jyeyms Uebb» kosmik teleskopi yordamida Janubi-g‘arbiy tadqiqot instituti (SwRI) boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi Uran atrofida aylanayotgan ilgari noma’lum bo‘lgan tabiiy yo‘ldoshni aniqladi va shu tariqa sayyoraning ma’lum yo‘ldoshlari sonini 29 taga yetkazdi», deyiladi xabarda.
Agentlikning qayd etishicha, yo‘ldosh 2025 yil 2 fevralda kuzatuvlar davomida aniqlangan.
Yangi yo‘ldoshning diametri 10 km deb taxmin qilinmoqda. Bunday kichik o‘lcham, ehtimol, 1986 yilda Uran yaqinidan uchib o‘tgan Voyager-2 zondi uchun ko‘rinmas bo‘lgan, deb qo‘shimcha qildi NASA.
Yangi yo‘ldosh Uran markazidan taxminan 56 ming km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, Ofeliya va Byanka yo‘ldoshlari orbitalari orasida sayyoraning ekvatorial tekisligida aylanadi.
«Uning deyarli doiraviy orbitasi hozirgi joylashuvi yaqinida shakllangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishga imkon beradi», dedi SwRI yetakchi mutaxassisi Mariam El Mutamid.
Uranning dastlabki ikki yo‘ldoshi - Titaniya va Oberon 1787 yilda ingliz astronomi Uilyam Gershel tomonidan kashf etilgan. 28-sun’iy yo‘ldosh - S/2023 U1 birinchi marta 2023 yil noyabr oyida Chilidagi Las-Kampanas rasadxonasida aniqlangan.
Mavzuga oid
07:24 / 25.10.2025
Starship’ni Uranga uchirish taklif qilindi
21:52 / 21.06.2025
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
21:33 / 12.06.2025
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi
21:37 / 14.05.2025