«Voyajyer-2» zondi 1986 yil 24 yanvarda Urandan 81,5 ming kilometr masofada parvoz qilgan — bu hozirgaça uşbu sayyorani yaqindan kuzatgan yagona holatdir. Öşanda qator ilgari noma’lum yöldoşlar va halqalar topilgan, eng muhimi — hanuzgaça izohi qiyin bölgan ayrim xususiyatlar aniqlangan.
Masalan, Uranning magnit maydoni faqat markazidan siljigandek emas, balki aylaniş öqiga nisbatan qattiq egilib ham turadi. Bu holat sayyoraning öziga xos katta burçagi («Uran yonboşlab yotişi») bilan qöşilgaç, murakkab manzara paydo qiladi. Bundan taşqari, öşanda Uranda içki issiqlik aniqlanmagan — bu ham ğalati. Nihoyat, ayrim yöldoşlari qa’rida muz ostidan okeanlar mavjudligi taxmin qilinadi.
Uran va uning tizimiga oid ön yillar davomida töplangan savollarni oçiqlaştiriş uçun Uranus Orbiter and Probe missiyasi konsepsiyasi işlab çiqilgan. U sayyoraga bir vaqtning özida ikki kosmik apparat yuborişni nazarda tutadi: biri Uran yöldoşiga aylanadi, ikkinçisi esa uning atmosferasiga tuşib, u yerdan ma’lumot töplaydi.
Bugungi rejaga köra, ularni 2031–2032 yillarda Falcon Heavy raketacida uçiriş, qöşimça tezlaniş uçun Yupiter yonida gravitatsion manyovr ötkaziş va 2044–2045 yillarda Uranga yetib boriş nazarda tutilgan. Biroq bunday ssenariy belgilangan muddatlarda amalga oşmasligi ehtimoli bor: zondlar hali «loyiha» bosqiçida. Kelasi ön yillik boşigaça ularni tayyorlaş keçikişi mumkin, bu esa Yupiter gravitatsiyasidan foydalaniş imkoniyatini yöqotişni anglatadi: keyingi startda u apparatlar trayektoriyasidan «çetga çiqib ketadi».
Bu butun missiyani jiddiy çözadi. Zondlar faqat 2050-yillarda Uranga yetib boradi. Olimlar esa asr örtasigaça ulgurişni istayapti: 2049–2050 yillarda sayyoraning şimoliy yarmida bahorgi teng kun-tun boşlanadi va fasllar almaşinişini yaqindan kuzatiş juda qiziq böladi.
Ayniqsa, NASA budjeti qisqartirilişi fonida holat mutlaqo umidsizdek tuyuldi. Şu bilan birga, sönggi yillarda muzli gigant tadqiqotçilarida yangi umid paydo böldi: u Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Marsga pilotli parvozlar uçun işlab çiqib, sinovdan ötkazayotgan Starship kosmik tizimi bilan boğliq. Uni Uranga zond yuborişda qanday işga soliş mumkinligi haqida Massaçusets texnologiya instituti mutaxassislari AQŞdagi IEEE Aerospace konferensiyasida taqdim etilgan yaqindagi maqolada sözlab berdi.
Olimlarning aytişiça, Uranga parvoz uçun Starşip’ning eng muhim xususiyatlaridan biri — kosmosda qayta yonilği quyiş imkoni. «Böş» kema orbitaga çiqariladi, söng unga xuddi şunday, yonilğiga töla kemalar yuboriladi. Ular navbatma-navbat asosiy kemaga tutaşib, unga yonilği yetkazib beradi. Şundan keyin Starship Quyoş tizimi böylab sayohatga tayyor böladi.

















