Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov O‘zbekistonga keldi
18 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlat rahbari va rafiqasi kutib oldi.


Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida qator yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026