Erdo‘g‘an prezidentlikdan qachon ketishini ma’lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2028 yildagi prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etmasligi mumkin.

Foto: Reuters
Turkiyada joriy yil 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan munitsipal saylovlar mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchun oxirgi saylov bo‘lishi mumkin. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
“Ish faoliyatim bilan to‘xtovsiz shug‘ullanyapman, nafas olishga ulgurmay yuguryapmiz. Men uchun bu yakun. Bu saylovlar qonunchilik tomonidan ruxsat etilgan vakolatim doirasidagi so‘nggi saylovdir. Keyingi ishlar mendan keyin keladigan birodarlarimga o‘tadi”, degan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti o‘z tarafdorlarini eng yirik shaharlar – Istanbul, Anqara va Izmir merlik saylovlarida amaldagi muxolifat uchun emas, balki hukmron partiya vakillari g‘alaba qozonishi va shu bilan 1 apreldan “yangi davr”ni boshlash uchun ovoz berishga chaqirgan.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda Turkiya referendum natijasida prezidentlik respublikasiga aylantirilgandi. Amaldagi konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbari o‘z lavozimida ketma-ket ikki muddatdan ko‘p o‘tirishi mumkin emas. 2023 yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Erdo‘g‘an besh yillik ikkinchi muddatga qayta saylangandi. Uning vakolat muddati 2028 yilda tugaydi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi
Jahon | 15:03
-
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi
O‘zbekiston | 14:58
-
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi
O‘zbekiston | 14:37
-
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 14:29
Mavzuga oid

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025