Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyadagi aerodromga kim aviazarba berganini ma'lum qildi
Foto: RIA «Novosti»
Rossiya Mudofaa vazirligidan ma'lum qilishlaricha, Suriyaning Tifor aerodromiga aviazarba Isroil harbiy-havo kuchlarining ikkita F-15 qiruvchisi tomonidan berilgan. Bu haqda Gazeta.ru xabar tarqatdi.
«To‘qqizinchi aprelda, Moskva vaqti bilan soat 03:25dan 03:53ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Isroil harbiy-havo kuchlarining ikkita F-15 samolyoti, Suriya havo hududiga kirmagan holda, Livan hududidan Tifor aerodromiga boshqariluvchi raketalar tomonidan sakkiz marta zarba berdi. Suriya qurolli kuchlarining Havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari havo jangi vaqtida beshta boshqariluvchi raketani yo‘q qildi», - deyiladi mahkama xabarida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, uchta raketa aerodromning g‘arbiy qismiga yetib borgan. Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, Rossiyaning Suriyadagi maslahatchilaridan hech kim jabrlanmadi.
Mavzuga oid
13:37
So‘rov: Rossiyada qolgan nemis kompaniyalari bozordan ketishni rejalashtirmayapti
10:56
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan «gubernatori» Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi
08:58
Suriyada Asadlar portretisiz yangi banknotlar muomalaga kiritildi
08:44