Vengriya armiyasi mamlakat hududidan ötuvçi “Turk oqimi” gaz quvurining bir qismini qöriqlovga oladi. Bu haqda Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto duşanba, 6 aprel kuni Facebook ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. Bu qaror Serbiyada Vengriyaga olib boruvçi gaz quvuri yaqinida portlovçi qurilma aniqlanganidan bir kun ötib qabul qilindi.

“Bu gaz quvuri Vengriyaga tabiiy gaz yetkazib beriş uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega, çunki mamlakatimiz gaz tizimidagi tabiiy gazning 56 foizi, ya’ni yarmidan köpi ‘Turk oqimi’ orqali keladi”, — dedi Siyyarto.

Siyyartoning qöşimça qilişiça, quvurni himoya qiliş çoralarini köriş böyiça Vengriya, Rossiya, Serbiya va Turkiya özaro kelişib olgan. Vengriya mudofaa vaziri Kriştof Şalay-Bobrovnitskiy esa quvurning mazkur qismi qöriqlovi “havodan patrul qiliş va yer ustidagi nazorat” yordamida kuçaytirilganini ta’kidladi.

5 aprel kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç Vengriya boş vaziri Viktor Orbanga Rossiya gazini, jumladan Vengriyaga ham yetkazib beradigan gaz quvurida kuçli portlovçi qurilma hamda portlatiş uçun zarur detonatorlar topilganini ma’lum qilgan edi. Portlovçi moddalar Serbiya şimolidagi Voyevodina avtonom ölkasida aniqlangan.

Vengriya taşqi işlar vaziri Serbiya hududidagi gaz quvurida diversiyaga urinişni mamlakat suverenitetiga töğridan töğri tajovuz deb atadi va Ukraina aloqador bölişi mumkinligiga işora qildi.

“Avvaliga ular (ukrainlar — tah.) Ukraina orqali ötuvçi yirik gaz quvurini tösib qöydi, keyin esa ‘Drujba’ neft quvuri orqali taşuvlarni qayta tiklamadi, sönggi haftalarda esa önlab dronlar Rossiya hududidagi ‘Turk oqimi’ gaz quvuriga bir neça bor hujum qildi”, — deb yozdi Siyyarto.

Ukraina Taşqi işlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy esa Kiyevning Serbiyada “Turk oqimi” quvuri yaqinidan topilgan portlovçi moddalarga heç qanday aloqasi yöqligini bildirdi. Uning sözlariga köra, Serbiyadagi, Vengriyaga Rossiya gazini yetkazib beruvçi quvurda diversiyaga uriniş Rossiyaning “begona bayroq ostidagi operatsiyasi” bölişi mumkin. Bunday harakatning maqsadi esa parlament saylovlari arafasida mamlakatdagi kayfiyatga ta’sir körsatiş bölişi mumkinligini aytdi.