O‘zbekiston | 23:33 / 14.07.2020
58276
4 daqiqa o‘qiladi

Bugun koronavirusdan 4 o‘lim qayd etildi

O‘zbekistonda 14 iyul kuni yana 4 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi va jami o‘limlar soni 67taga yetdi.

Birinchi o‘lim. 

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10 iyulgacha tana harorati ko‘tarilib, holsizlik kuzatilgan. 

11 iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yo‘tal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lganligi sababli Covid-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor og‘ir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib,  yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ikkinchi o‘lim

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi, 61 yoshli F.A. (erkak) 10 kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, yo‘tal, hansirash belgilari bilan uyida davolangan. Ammo davo muolajalari natija bermagandan so‘ng Covid-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Joriy yil 13 iyul kuni bemor o‘ta og‘ir ahvolda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, u qandli diabet, yurak ishemik kasalliggi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali jigar va buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘lim

Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. 

Olmazor tumanida yashovchi 68 yoshli K.A. (erkak) va uning turmush o‘rtog‘i 67 yoshli S.A. tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli joriy yilning 5 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bemorlardan Covid-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Har ikki bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun'iy nafas olish apparatiga olingan. Ularga Covid-19 infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorlarning davolanishi davomida tibbiyot xodimlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan er-xotin bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Mavzuga oid