Jamiyat | 19:00 / 24.10.2025
8461
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ADM Global: O‘zbekiston avtosanoati rivojlanishining yangi yo‘nalishi

“Kelajak dvigatellari”: gibridlar va yangi avlod sanoatiga bo‘lgan e’tibor.

Kia, Chery, Haval va Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi O‘zbekiston hukumati bilan CKD texnologiyalaridan foydalangan holda gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga keng ko‘lamli o‘tishning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladigan investitsiya shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda.

Kompaniya strategiyasining asosiy elementi klassik ichki yonuv dvigateli versiyasida ham, gibrid modifikatsiyasida ham bir xil modelni ishlab chiqarish imkonini beruvchi universal platforma bo‘ladi.

ADM Global: miqyosi va tuzilishi

Bugungi kunda guruh tarkibiga 4500 dan ortiq xodimlar mehnat qiladigan 35 ta kompaniyalar kiradi.

Xususan, ADM Global kompaniyalar guruhiga O‘zbekistondagi birinchi xususiy multibrendli avtomobil zavodi — ADM Jizzakh kiradi. Korxona zamonaviy CKD va SKD ishlab chiqarish quvvatlariga ega.

Bundan tashqari, ADM Global keng dilerlik tarmog‘iga (bugungi kunda 85 ta markaz) va butun mamlakat bo‘ylab mintaqaviy bo‘linmalariga ega.

2025 yil yakuniga ko‘ra, kompaniya tovar aylanmasini 1,024 milliard AQSh dollariga prognoz qilmoqda, shu bilan birga mamlakat avtomobil bozorida barqaror ravishda ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

ADM Globalning asosiy ko‘rsatkichlari:

● O‘zbekistonda avtomobil sotuvi hajmi bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi.

● Eng yirik xususiy soliq to‘lovchilar TOP-10 taligiga kiradi.

● So‘nggi 5 yil ichida avtosektorni investitsiyaviy rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

● 2014 yildan beri bozorda; 2021 yildan buyon 40 dan ortiq yangi modellar ishga tushirilgan.

● Sotuv prognozi: 2025 yilda 45 ming dona, 2030 yilgacha 145 ming dona.

Strategik e’tibor: gibridlar, texnologiyalar, kadrlar

ADM Global ADM Jizzakh zavodida CKD ishlab chiqarishni rivojlantirish, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kadrlar salohiyatini faol shakllantirishga e’tibor qaratmoqda.

2030 yilga borib xodimlar sonini 10 ming nafar kishiga, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va adaptatsiya qilish uchun o‘z R&D markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

Gibrid yo‘nalish ADM Global strategiyasining muhim qismiga aylanib ulgurdi. 2025 yilda O‘zbekistonda birinchi Chery gibrid avtomobili — Arrizo 8 Hybrid ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, shundan so‘ng boshqa NEV modellari bosqichma-bosqich ishlab chiqariladi.

Investitsiyalar hajmi 190 million AQSh dollariga baholanmoqda, loyiha quvvati esa 2027 yilga kelib yangi energiya manbalaridan foydalangan holda yiliga 50 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarish imkonini beradi.

Daniyar Davletiyarov, ADM Global bosh direktori:

"Biz gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha hukumat bilan investitsiya shartnomasining kelishish bosqichini yakunlamoqdamiz. ADM Global ishlab chiqarishga investitsiya kiritish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va modellar qatorini kengaytirish bo‘yicha aniq majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Hujjat allaqachon Investitsiyalar vazirligi bilan kelishilgan va Iqtisodiyot vazirligida yakunliy tasdiqlash bosqichlaridan o‘tmoqda. Biz yaqin vaqt ichida jarayonni yakunlab, shartnomani rasman imzolashni kutmoqdamiz."

Hamkorlik va texnologik rivojlanish

2026 yildan boshlab ADM Global ADM Jizzakh zavodida barcha modellarni CKD texnologiyasi bo‘yicha yig‘ishni kengaytirish, yagona platformada gibrid versiyalarni ishga tushirish, shuningdek, Janubiy Koreya va Xitoydagi hamkorlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya butlovchi qismlar ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda va eksportni oshirmoqda.

2030 yilga borib tovar ayirboshlash hajmi 10,7 milliard AQSh dollariga, budjetga to‘lovlar hajmi 1,06 milliard AQSh dollariga, eksport hajmi esa 220 million AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.

Soha uchun ahamiyati

Investitsiya shartnomasini imzolash va gibrid avtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tish nafaќat ADM Global rivojlanishining yangi bosqichi, balki butun O‘zbekiston avtosanoati uchun muhim qadamdir.

Loyiha quyidagilarga imkoniyat beradi:

● ishlab chiqarishni lokalizatsiyalashni jadallashtirish va mamlakatda yangi qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish;

● minglab malakali ish o‘rinlarini yaratish va turdosh tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish;

● O‘zbekistonni NEV sanoatining global jarayonlariga integratsiya qilish orqali avtomobil ishlab chiqarishning texnologik darajasini oshirish;

● uglerod izini kamaytirish va ekologik jihatdan mas’uliyatli transport tizimini shakllantirishga hissa qo‘shish;

● barqaror va innovatsion o‘sishga tayyorligini namoyish etgan holda mamlakatning investitsiyaviy imijini mustahkamlash.

ADM Global O‘zbekiston an’anaviy avtomobil yig‘ish formatidan kelajak avtomobillarini ishlab chiqarishda to‘laqonli ishtirok etishga ishonch bilan qadam qo‘yayotgan yangi sanoat davrining drayveriga aylanmoqda.

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid