Chery avtomobil brendining Özbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblangan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taşkil etilgan tadbirda avtomobilsozlik sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar hamda brend ixlosmandlarini jamladi. Taqdimot texnologiya, yorqinlik, musiqa va his-tuyğularni uyğunlaştirgan haqiqiy şouga aylandi.

Mehmonlarni fotozonalar, közguli yölaklar va interaktiv installyatsiyalardan iborat neon muhit kutib oldi. Keçaning yorqin pallasi bölgan yangi Chery Arrizo 8 Hybrid modelining taqdim etilişi oldidan şou namoyişlar, akrobatik sahna namoyişlari mehmonlar uçun unutilmas kayfiyat bağişladi.

ADM Global boş direktori Doniyor Davletiyarovning ta’kidlaşiça, kompaniya yangi bosqiçga tayyorlanmoqda:
“ADM Jizzakh zavodida birinçi Chery gibrid avtomobilining işlab çiqarilişi korxonaning rivojlanişida muhim bosqiçdir. Bu işlab çiqariş jarayonlarini modernizatsiya qiliş va yangi texnologiyalarni joriy etiş natijasidir. Biz Özbekiston avtomobil sanoatining ekologiya, innovatsiya va sifatga yönaltirilgan global transformatsiyasining bir qismi bölganimizdan faxrlanamiz. Bizning kelajagimiz — yangi texnologiyalar, yangi bozorlar va yangi imkoniyatlar.
Asosiy ustuvor vazifamiz — kadrlar rivojlanişi. Bizga 2000 dan ortiq muhandislar zarur böladi va kelgusida mutaxassislarni tayyorlaş uçun öz R&D markazimizni yaratişga faol investitsiya kiritmoqdamiz. Keyingi bosqiç — CKD PHEV/ICE işga tuşiriş: an’anaviy va gibrid texnologiyalarni birlaştirgan platforma”, - dedi u.





















