Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL, 4-tur. "Real" safarda "Legiya"ni mag‘lub qila olmadi, "Tottenhem" uyida yutqazib qo‘ydi va boshqa natijalar
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Madridning "Real" jamoasi YeChLning 4-turida Polshada "Legiya"ga qarshi to‘p surdi. Uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi. O‘yinning 1-daqiqasida Garet Beyl hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Karim Benzema "Real"ning uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi. Biroq "Legiya" o‘zida iroda topa oldi va madridliklar darvozasini ketma-ket uch bor ishg‘ol qildi. Mag‘lubiyatga uchrayotgan Zidan jamoasi 85-daqiqada Matteo Kovachichi goli evaziga muvozanatni tikladi. Shunday qilib, o‘yin 3:3 hisobida yakuniga yetdi.
Dortmundning "Borussiya" jamoasi esa uyda "Sporting"ni qabul qildi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Adrian Ramos kiritgan yagona gol "Borussiya"ni 1:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Shu tariqa Dortmundliklar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
"Monako" – TsSKA – 3:0
Gollar: Jyermen, 12 (1:0); Falkao, 28 (2:0); Falkao, 41 (3:0).
Ogohlantirishlar: Jyemerson, 24 – Golovin, 90+2.
"Tottenhem" – "Bayyer" – 0:1
Gol: Kampl, 65 (0:1).
"Legiya"– "Real" – 3:3
Gollar: Beyl, 1 (0:1); Benzema, 35 (0:2); Odjidja-Ofoe, 40 (1:2); Radovich, 58 (2:2); Mulen, 83 (3:2); Kovachich, 85 (3:3).
"Borussiya D" – "Sporting" – 1:0
Gol: Ramos, 12 (1:0).
Ogohlantirishlar: Gerreyro, 65 – Semedu, 11; Kastanos, 20; Zegelar, 75.
"Kopengagen" – "Lester Siti" – 0:0
Ogohlantirishlar: Drinkuoter, 22; Xut, 24; Ernandes, 42; Morgan, 78.
"Portu" – "Bryugge" – 1:0
Gollar: Pina, 38 (1:0, avtogol).
Ogohlantirishlar: Errera, 3; Felipe, 35 – Densvil, 34; Diabi, 41; Vormer, 86; Klaudemir, 88.
"Yuventus" – "Lion" – 1:1
Gollar: Higuain, 13 (1:0, pen); Tolisso, 84 (1:1).
Ogohlantirishlar: Pyanich, 38; Bartsali, 58; Markizio, 84; Sturaro, 89 – Darder, 90+1; Gezzal, 90+3.
"Sevilya" – Dinamo Z (Zagreb, Xorvatiya) – 4:0
Gollar: Vetto, 31 (1:0); Eskudero, 66 (2:0); N'Zonzi, 80 (3:0); Ben-Yyeder, 87 (4:0).
Ogohlantirishlar: Stoyanovich, 11; Pivarich, 21; Pavichich, 28.
Chetlatish: Stoyanovich, 45+1.
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026