«Real»da yirik ğalaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun öyinlari
|18:39 / 15.02.202611 38112 min
«Real»da Mbappe yöqligida gollarni Vinisius urmoqda, «Siti» va «Liverpul» Angliya kubogida yurişini davom ettirdi, Italiyada turning markaziy uçraşuvida «Yuventus» hakamning bahsli qarori tufayli ozçilik bölib qoldi, «Inter» esa sönggi daqiqada ğalaba golini urdi. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
«Mançester Siti» hozirça Angliya Kubogida tejamkor öyin bilan ham ğalabalarga erişmoqda: jamoaga asosan quyi ligalar vakillari raqib bölmoqda va öyinlar «Etihad»da keçmoqda. Ammo ötgan bosqiçda «şaharliklar» «Ekseter» darvozasiga istagança gol urgan bölişsa (10:1), törtinçi divizion vakili bölgan «Solford» munosib qarşilik körsatdi. Holbuki tezkor avtogoldan keyin uşbu raqib soçilib ketişi kutilgandi. Bu öyinda dastlab himoyada Husanovga Alleyn şerik sifatida tuşgandi, ammo himoya çiziğidagi muammolar tufayli yanvarda «Uotford»dan qaytarib olgan 20 yoşli uşbu futbolçi bölim örtalarida jarohat tufayli almaştirildi. Himoyadagi muammolarni yopiş uçun qişda olib kelingan futbolçilardan yana biri Geyi esa ikkinçi bölimda zaxiradan maydonga tuşib, klub safidagi ilk golini urdi.
Angliya kubogi 1/16 final bosqiçidagi markaziy bahs esa Bruno Gimaraeşsiz ötdi. «Nyukasl» sardori ikki oydan köproq vaqtga safdan çiqişi klubiga ham, Braziliya terma jamoasiga ham jiddiy zarba böldi. Ammo Karlo Ançelottida «Aston Villa»ga qaytgan Duglas Luiz varianti ham böladi. Uşbu futbolçi «Yuventus»da ham, «Nottinghem»da ham oldingi darajasiga qayta olmadi. Lekin u Birminghemda özini yana uydagidek his qilişi mumkin, jamoa yarimhimoya çiziğidagi muammolar esa unga asosiy tarkibga yöl oçadi.
Mavzuga oid
Aynan Duglas Turkiyadan APLga qaytgan Abrahamning hisobni oçuvçi goliga assistentlik qildi. U özini jarima zarbasini kuç bilan ijro etmoqçidek tutdi, amalda esa kutilmaganda töpni paraşyut uslubida jonli devor ustidan oşirib taşladi va himoyaçilar ortiga oçilgan hujumçi darvozani işğol etdi.
Ammo birinçi bölim oxirida mezbonlar qöpol xatoga yöl qöyişdi va raqibning xavfli qarşi hujumini ötkazib yubordi. Darvozabon Bizot raqibni qarşi oliş uçun oldinga çiqib keldi, ammo u Myorfini töxtatişda fol işlatdi va qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. Unai Emeri bu vaziyatda asosiy aybdor bölgan Beylini maydondan olib, darvozaga Emiliano Martinesni tuşirdi.
Ikkinçi bölim davomida bir kişi köp bölib harakatlangan Eddi Hau şogirdlari öyinni 180 darajaga özgartirişdi. Barçasini mehmonlar raqib jarima maydoni atrofida töpni olib qöygan epizodlar hal qildi. Gimaraeş yöqligida sardorlik boğiçini öziniki qilgan Tonali uzoq masofadan zarba beriş mahoratini namoyiş etdi. Birinçi holatda rikoşet ham qöl kelgan bölsa, ikkinçi holatda italiyalik yarimhimoyaçi pastki burçakni aniq nişonga oldi. Keyin esa Voltemade ham 20 dekabrdan buyon ilk golini urdi va raqibni uzil-kesil taslim qildi.
«Liverpul» «Brayton»ga qarşi qiyin keçgan öyinning birinçi bölimi oxirida Jonsning goli evaziga öz maqsadiga erişdi. Keyin esa Alisson öz seyvi bilan jamoasining minimal ustunligini saqlab qoldi. Ikkinçi bölimda Saloh katta sahnaga çiqdi: u avvaliga Soboslaini golli uzatma bilan ta’minladi, keyin esa penaltini aniq ijro etib, hisobni yirik körinişga keltirdi. Arne Slot şogirdlari 1/8 finalga yöl oldi.
Aleksander-Arnold nihoyat «Real» boşlanğiç tarkibiga qaytdi va unga Gonsalo Garsiyaga golli uzatma beriş uçun beş daqiqa kifoya qildi. Yoş forvard qanotdan köra markaziy hujumçi pozitsiyasida samaraliroq ekanini namoyiş etdi va bir teginişda hisobni oçdi. Arbeloa şu kuni YeÇL öyini oldidan Mbappega dam bergandi va yoş hujumçi bunday imkoniyatdan foydalanmoqda. U Kilian tuşmagan yoki zaxiradan çiqqan öyinlarda 10 gol urişga ulgurdi.
Birinçi bölim örtalarida Hausenning jarima maydoni içkarisidagi folidan keyin belgilangan penaltini Oyyarsabal aniq ijro etib, hisobni tikladi. Ammo mezbonlar tezda hisobdagi ustunlikni tikladi. Vinisius Junior fint işlatib, Aramburuni öziga fol işlatişga majbur qildi va 11 metrlik jarima zarbasini özi aniq ijro etdi. Şu kuni markaziy himoyaga qaytgan Valverde ham raqib jarima maydoni atrofida qançalik xavfli ekanini körsatib qöydi – Karrerasdan uzatma qabul qilib olgaç, navbatdagi çiroyli golini urdi.
Ikkinçi bölim boşida Vinisius yana bir bor Aramburu bilan dueldan keyin penalti işladi va yana bir bor penaltini namunali tarzda ijro etdi. Şundan keyin öyin quruq rasmiyatçilikka aylandi, Arbeloa Alaba, Sebalyos, Sestero, Dias va Karvahalga öyin amaliyoti taqdim etdi.
Qolgan daqiqalarda mehmonlarning bir goli ofsayd tufayli inobatga olinmadi, keyin esa Vinisius Gulerning uzatmasidan keyin boş bilan darvozani işğol etdi, bu safar ham ofsayd holati xalaqit berdi va öyinda hisob özgarmay qoldi.
«Qirollik klubi» hozirça yana birinçi öringa çiqib oldi, «Barselona» esa duşanba kuni «Jirona»ga qarşi keçadigan öyinda birinçi örinni qaytarib olişga harakat qiladi.
Italiyada turning markaziy uçraşuvida «Inter» sönggi daqiqalarda «Yuventus»ni taslim etdi. Ammo öyin boş hakami Federiko La Penning xatosi tufayli bu öyin mojaro bilan yodda qoladigan böldi.
Birinçi bölimda 1:1 hisobi qayd etildi. Ikki gol ham «Yuve» qanot himoyaçisi Andrea Kambiyazo nomiga yozildi. 17-daqiqada u raqiblarga yordam berib yuborgandi: Lautaro Martinesning zarbasidan keyin töp uning oyoğiga tegdi va undan darvoza töriga borib tuşdi. Rikoşet Mikele Di Gregorioni ilojsiz holatda qoldirdi.
26-daqiqada Kambiyazo öz aybini yuvdi. Ueston Makkenni töpni jarima maydoniga yetkazdi, Jonatan Devid zarba berolmadi, ammo Kambiyazo olis ustun yaqinida töpga yetib bordi va muvozanatni tikladi – 1:1. Bu «Yuventus» va «Inter»ning A Seriyadagi uçraşuvlarida bir futbolçi ham avtogol, ham gol urişi bilan boğliq ilk holatga aylandi.
Jamoalar tengma-teng öyin körsatayotgandi, ammo 42-daqiqada «Inter» bir kişi köp bölib qoldi. Hakam Piyer Kaluluga ikkinçi sariq kartoçkani körsatdi.
Bu vaziyatda Fabio Mirettining noaniq pasidan keyin Kalulu töpni ilib ketgan Alessandro Bastoniga qölini bilinar-bilinmas tekkizdi, şu bilan birga, uning oyoğiga tegmadi.
«Inter» himoyaçisi esa aktyorlik mahoratini işga solib, gazonga yiqildi, boş hakam Federiko La Penna Kaluluga ikkinçi sariq kartoçkani körsatdi.
U bu holatda katta tavakkalçilikka qöl urgandi: unda allaqaçon sariq kartoçka bor edi, hakam uning yiqilişini simulyatsiya deb topganida, Kaluluni emas, uni maydondan çetlatgan bölardi. Ammo qoidaga köra, VAR ikkinçi sariq kartoçkaga aralaşa olmaydi va hakamning dastlabki qarori özgarmadi. Kristian Kivu esa Bastonini tanaffusda zaxiraga oldi.
Ikkinçi bölimda «Inter» son jihatdan ustunlikdan foydalanib, taşabbusni töliq öz qöliga oldi va Françesko Espozitoning golidan keyin hisobda oldinga çiqib oldi. «Yuve» esa vaqti-vaqti bilan qarşi hujumlar uyuştirdi va hisobni tenglaştirişga erişdi. 83-daqiqada Manuel Lokatelli Makkenning uzatmasidan keyin jarima maydoniga kirib borib, olis burçakni aniq nişonga oldi – 2:2!
Lekin bu hali hammasi emasdi. 90-daqiqada «Inter» baribir öz maqsadiga erişdi: Petr Zelinski raqib jarima maydoni yaqinida töpni qabul qilib oldi va çap oyoğida qaytarib bölmas zarba yölladi – 3:2!
Öyindan keyin tribunalar ostidagi tunnelga kirişda turinliklar ustozi Luçano Spalletti hamda «Yuventus»ning boşqa vakillari hakamni örab olişdi.
Bu ğalabadan keyin «Inter» turnir jadvalida oldinga çiqib ketdi: endi ikkinçi örindagi «Milan» bilan oradagi farq 8 oçkoni taşkil etmoqda (Allegri jamoasi bu tur öyinini endi ötkazadi). «Yuve» esa hozirça kuçli törtlikda qoldi, ammo bu turda «Roma» «Napoli» bilan durang öynasa ham, bu örinni tortib oladi.
«Inter» va «Yuve»ni navbatda Çempionlar ligasida ötiş öyinlari kutmoqda (mos ravişda «Budyo-Glimt» va «Galatasaroy»ga qarşi).