Oq uy Pentagondan Eronga zarba berish imkoniyatlari haqida so‘ragan – OAV
AQSh milliy xavfsizlik kengashi Pentagondan Vashingtonning Eronga zarba berish imkoniyatlari haqidagi ma'lumotni so‘ragan. Bu 2018 yil sentyabrda Bag‘dod markazi minomyotdan o‘qqa tutilgandan keyin yuz bergan. O‘shanda AQSh elchixonasi joylashgan hudud o‘qqa tutilgan.
6 sentyabrda Bag‘dod markaziga 3 ta snaryad otilgan. Hujum vaqtida shaharning hukumat muassasalari va xorijiy diplomatik missiyalar joylashgan va alohida qo‘riqlanuvchi “yashil hududi” o‘qqa tutilgan. Hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan, AQShda hujum uchun javobgarlik Iroqdagi Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kuchlar zimmasiga yuklangan.
2 kundan keyin – 8 sentyabrda AQShning Basradagi bosh konsulligi raketadan o‘qqa tutilgan. Shundan keyin Vashington Basradagi vakolatxonasini yopishga qaror qilgan.
The Wall Street Journal nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Pentagon milliy xavfsizlik kengashi murojaatini qondirib, unga tegishli ma'lumotlar taqdim qilingan. Bunda ushbu murojaatdan AQSh prezidenti Donald Tramp xabardor bo‘lgani-bo‘lmagani, Oq uydan biror ko‘rsatma berilgani va o‘shanda Vashingtonda Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha jiddiy reja bor-yo‘qligiga oydinlik kiritilmagan.
Biroq bunday so‘rov Pentagon va davlat departamentida jiddiy xavotir uyg‘otgan. Iroqdagi hujumlar jiddiy talofat yetkazmagani va hech kim jabrlanmagani hisobga olingan holda, Pentagon va davlat departamentida milliy xavfsizlik kengashi va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Eronga qarshi zarbalar berish ehtimoliga yengiltaklik bilan munosabatda bo‘layotganlaridan” karaxt holda bo‘lganlar.
Bolton Tramp ma'muriyatining qolgan a'zolariga nisbatan Tehronga qarshi keskinroq qarashlarga ega va Eronda hokimiyat o‘zgarishiga umid qilishini yashirmaydi.
Mavzuga oid
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024
Amerikalik musulmonlarning yarmidan ko‘pi Jill Staynga ovoz berdi
10:09 / 09.11.2024