AQŞ prezidentlik saylovlari böyiça yaqinda ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, amerikalik musulmonlarning yarmidan köpi Ğazo sektoridagi siyosatiga norozilik bildirgan holda demokrat nomzod Kamala Harrisga emas, balki Yaşillar partiyasi nomzodi Jill Staynga ovoz bergan.

AQŞdagi eng yirik musulmon huquqlari taşkiloti Amerika-Islom munosabatlari kengaşi (CAIR) 5 noyabr kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarida amerikalik musulmonlarning ovoz berişi natijalari böyiça tadqiqotini e’lon qildi.

Mamlakat böylab saylov uçastkalariga borib ovoz bergan 1575 kişi örtasida ötkazilgan sörovga asoslangan tadqiqot şuni körsatdiki, amerikalik musulmonlar bu saylovda uçinçi nomzodga moyil bölgan.

Sörov natijalariga köra, Qöşma Ştatlar böylab saylov uçastkalarida amerikalik musulmonlarning 53 foizi Yaşillar partiyasi nomzodiga ovoz bergan bölsa, respublikaçi Donald Tramp 21 foiz, demokrat Kamala Harris esa 20 foiz ovoz olgan.

Amerikalik musulmonlar soni eng köp bölgan Miçigan ştatida bu yerdagi amerikalik musulmon saylovçilarning 59 foizi Staynga, 22 foizi Trampga va atigi 14 foizi Harrisga ovoz bergan.

2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Miçigandagi amerikalik musulmonlar demokrat Jo Baydenni qöllab-quvvatladi. 2024 yilgi saylov ma’lumotlari Ğazodagi voqealar munosabati bilan Bayden-Harris ma’muriyatining «jazosi» sifatida talqin qilinmoqda.