Jamiyat | 23:03 / 26.11.2016
5932
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada nogiron bola issiq havoda maktab avtobusi ichida unutib qoldirildi

Foto: foto: twitter.com/CNN

Avstraliyaning Melburn shahrida rivojlanishida chetlashishlar bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maktabning 7 yoshli o‘quvchisi avtobus deposida maktab avtobusi ichida yopiq qoldirib ketilgan holda topildi. Avtobus haydovchisi bolani avtobusda unutib qoldirib ketgan. Bola 31 gradus issiqda avtobusda deyarli bir kun o‘tkazgan, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Bolani kunning ikkinchi yarmida aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. U avtobusda aksariyat vaqtini uxlab o‘tkazgan. Bolaga hech narsa qilmagan.

Bu voqea sababli haydovchi o‘z ishidan bo‘shatilgan.

"Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz avtobus kompaniyasi bu haydovchiga nisbatan qat'iy choralar ko‘rganidan xursandmiz", deb aytgan bola ta'lim oladigan maktab direktori.

Shu voqeadan keyin Melburn ta'lim departamenti shahar maktablariga transport xizmatlari ko‘rsatuvchi avtobus kompaniyasi bilan shartnomasini qayta ko‘rib chiqmoqchi.

 

Mavzuga oid