Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dommaraju – Sindorov: jahon shaxmat toji uchun o‘tkaziladigan o‘yin sanasi belgilandi
Jahon shaxmat toji uchun amaldagi chempion Gukesh Dommaraju (Hindiston) va da’vogar Javohir Sindorov (O‘zbekiston) o‘rtasidagi o‘yin 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sayti.
Foto: Fide.com
Ushbu bahs shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun tarixdagi eng «yosh o‘yin» bo‘lishi kutilmoqda – bellashuv boshlanishida ikkala sportchi ham 20 yoshda bo‘ladi.
O‘yinning minimal sovrin jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi, tadbirning umumiy budjeti esa 8,5 million dollarga baholanmoqda.
Amaldagi jahon chempioni Dommaraju 2024 yil dekabr oyida Singapurda bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat toji uchun o‘yinning 14-turida xitoylik Din Lijenni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. U 18 yoshida FIDE tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi va 1985 yilda 22 yoshida Anatoliy Karpovni mag‘lub etgan Garri Kasparovning rekordini ortda qoldirdi.
Uning raqibi o‘zbekistonlik grossmeyster Sindorov Kiprning Pafos shahrida bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi da’vogarlar turnirida muddatidan oldin g‘alabaga erishdi. U turnirda 14 ochkodan 10 ochko bilan g‘alaba qozondi, bir marta ham mag‘lub bo‘lmadi: oltita g‘alaba va sakkizta durang.
O‘yin reglamenti 2026 yil 1 iyulgacha tasdiqlanishi kerak. Odatda o‘yin 14 ta partiyadan iborat bo‘ladi. G‘olib chiqish uchun 7,5 ochko jamg‘arish kifoya - kimdir bu marraga oldinroq erishsa, match muddatidan oldin tugaydi. 7:7 hisobi bo‘lganda – tay-breyk o‘ynaladi.
Tadbir mezbonligi uchun arizalarni qabul qilish 31 mayda yakunlanadi.
Mavzuga oid
19:23 / 17.04.2026
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
18:33 / 15.04.2026
Sindorov turnirni yana bir rekord bilan yakunladi
18:02 / 15.04.2026
Oldimizda yana ikkita marra turibdi – Javohir Sindorovning murabbiyi
16:31 / 15.04.2026