Jamiyat | 01:29 / 18.07.2016
4986
1 daqiqa o‘qiladi
Baltimorda qidiruvdagi shaxs politsiyadan qochib, Burger King xodimlarini garovga oldi
AQShning sharqiy qismida joylashgan Baltimor shahridagi Burger King yemakxonasida qurollangan jinoyatchi 4 nafar insonni garovga oldi. Bu haqda shahar politsiya vakillari xabar berdi.
“Qurollangan jinoyatchi 4 nafar insonni garovga oldi. Ular orasida 7 yoshli bola ham bor”, – deyiladi politsiya xabarida.
Ular bergan ma'lumotga ko‘ra, politsiya nomusga tegish bilan qiduruvda bo‘lgan jinoyatchining avtomobili ko‘rib qolishadi va uni to‘xtatishga harakat qilishadi. Biroq jinoyatchi politsiyadan qochib, o‘z avtomobilida Burger King mijozlaridan birining mashinasiga shikast yetkazadi va qurol o‘qtalib, yemakxonaga bostirib kiradi.
Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelishgan va jinoyatchi bilan kelishishga harakat qilishmoqda.