Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lola Karimova-Tillayeva Olimpiadada ishtirok etayotgan o‘zbek sportchilariga zafar tiladi
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning kichik qizi, O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili, "Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Vasiylik kengashlarining raisi Lola Karimova-Tillayeva “Feysbuk”dagi sahifasida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan XXXI Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilarga omad tiladi.
“Azizlar, bugun Rio-de-Janeyroda XXXI Yozgi Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 5-21 avgust kunlari davom etadigan ushbu yirik musobaqalarda 200 dan ziyod mamlakatdan kelgan 10000 dan ortiq sportchi ishtirok etadi.
Olimpiadada 70ta sportchimiz O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Mazkur musobaqalarda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi nomidan 9ta sportchimiz ishtirok etadi. Bular – sport gimnastikasi buyicha Oksana Chusovitina va Anton Fokin, trampolin bo‘yicha Yekaterina Xilko, badiiy gimnastikadan esa Anastasiya Serdyukova, Valeriya Davidova, Samira Amirova, Marta Rastoburova, Zarina Qurbonova va Luiza G‘aniyevalar.
Qadrdon sportchilarimiz, siz bizning fahrimizsiz! Biz kuch va irodangizga hamda yuqori o‘rinlarni egallay olishingizga ishonamiz.
Sizga XXXI Yozgi Olimpiada o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijalarga erishib, ko‘plab yuqori o‘rinlar va medallar egallashingizni tilab qolaman!”, deyiladi tabrikda.
Mavzuga oid
08:38 / 06.03.2018
Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligidan ham ketmoqda
11:32 / 02.02.2018
Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YuNeSKOdagi elchisi lavozimidan ketmoqda
07:55 / 15.07.2017
Lola Karimova-Tillayeva: “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” xalqaro kinofestival g‘olibiga aylandi
18:10 / 30.05.2017