Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlida havoning kuchli darajada zaharlanishi tufayli maktablar yopildi
Foto: VVS
Hindiston poytaxti Dehli shahri bosh vaziri shahardagi barcha maktablarni keyingi kunlarda kuzatilayotgan kuchli smog tufayli yopish haqida qaror qabul qildi. Shaharda havoning ifloslanish darajasi odatdagidan 70 barobarga ortgan.
Vazirlar mahkamasining navbatdan tashqari yig‘ilishi vaqtida vazir Arvind Kedjrival yuzaga kelgan vaziyat bartaraf etilishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini va'da qilgan.
Shahardagi barcha qurilish obektlarida ish 5 kun muddatga to‘xtatilgan. Asosiy yo‘llar changni ketkazish uchun yuvilmoqda.
Dehli vaziri shahar aholisini zarur sabablar bo‘lmasa, uylardan chiqmaslikka chaqirgan.
Shaharda minglab kishilar vaziyat bo‘yicha tezroq chora ko‘rishni hukumatdan talab qilgan holda ko‘chalarga chiqqan.

Tvitterda hindistonliklar #MyRightToBreathe (Mening nafas olish huquqim) heshtegi bilan aksiya uyushtirishgan.



Mavzuga oid
08:39 / 25.02.2026
Dehlidagi universitetda o‘zbek tili bo‘yicha 4 yillik bakalavriat ochiladi
14:42 / 04.10.2025
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
12:50 / 02.08.2025
Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
22:37 / 09.05.2025