2025 yil 29 iyul kuni Toşkent-Dehli yönalişidagi aviareysida parvoz vaqtida tobi qoçgan yölovçiga Toşkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Muhammad Anis birinçi tibbiy yordamni körsatib, uning hayotini saqlab qoldi.

«Toşkentdan Dehliga uçayotganda samolyotda «Agar bortda şifokor yoki tibbiyot xodimi bölsa, iltimos, ekipajga xabar bering» degan e’lon berildi. Şu payt men: «Ha, men şifokorman, yordam bera olaman», dedim. Bemor 48 yoşli ayol edi, u juda bezovta edi, qattiq xavotirga tuşgan. Men bemorning hayotiy körsatkiçlarini tekşirişganimda yurak urişi tezlaşgani, ya’ni taxikardiya xuruji keçayotganini aniqladim. Darhol bemorga karotid massajini qilişga kirişdim va taxminan 10-15 soniyadan söng u özini yaxşiroq his qila boşladi», — deydi universitet talabasi.

Samolyot Dehliga qöngaç bemor şifokorlarga topşirildi.