O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologik xavfsizlik rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda turizm sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
«O‘zbekiston 24» telekanali muxbirlarining xabar berishicha, mamlakatda chet ellik sayyohlar uchun o‘ziga xos «xavfsizlik yostiqchasi»ga aylanadigan «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.
«Agar chet ellik sayyoh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olsa, unga 3000 dollar miqdorida kompensatsiya puli beriladi. Ushbu amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng qo‘llaniladi», - deyiladi «O‘zbekiston 24» telekanali xabarida.
Ta'kidlanishicha, turoperator tomonidan karantin davrida chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatish faqat «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» reyestriga kiritilgan obektlarda amalga oshirilishi mumkin.
Turistik hududlarning ma'muriy kengashini boshqarish hukumat rahbariga yuklatildi.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024