Özbekistonda pedagoglarga mamlakat böylab sayohat qiliş uçun samolyot va poyezd çiptasi narxiga çegirma berilişi mumkin. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilindi.
Mazkur taşabbusni 2025 yil sentabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi.
Qaror loyihaga köra, 2026/2027 öquv yilidan boşlab quyidagi pedagoglarga Özbekiston böylab sayohat qiliş uçun avia va temir yöl çiptasiga yilda bir marta çegirma beriş tartibini doimiy asosda joriy etiş taklif etilmoqda:
- respublika reytingida yuqori yuztalikka (top-100) kirgan umumta’lim va maktabgaça ta’lim taşkilotlari pedagoglariga;
- top-20 talikka kirgan texnikumlar pedagoglariga;
- top-10 talikka kirgan oliy ta’lim taşkiloti pedagoglariga.
Bunda samolyot va poyezdning (yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd bundan mustasno) erkin sotuvda bölgan ekonom-klass, platskart yoki kupe tipidagi vagon çipta narxining tarif qismiga 15 foiz çegirma beriladi. Bunda sayohat bevosita (boşqa yönalişlarga ötkazişsiz boriş va keliş uçun) amalga oşiriladi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi reytingga kirgan ta’lim taşkilotlari töğrisidagi ma’lumotlarni «Özbekiston temir yöllari» va Uzbekistan airways kompaniyalariga doimiy ravişda taqdim etib boradi. Ta’lim taşkiloti rahbari tomonidan Özbekiston böylab sayohat qiliş istagini bildirgan har bir pedagogga iş joyi va lavozimi töğrisidagi ma’lumotnoma beriladi.

















