Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi
Ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurgani qayd etildi, prokurorlar tergov ustidan nazoratni susaytirib yuborgani ko‘rsatib o‘tildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda Bosh prokuratura ham, Ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
102 xizmati orqali kelib tushgan jinoyat haqidagi xabarlarni avtomatik tarzda ro‘yxatga olish, ya’ni har bir murojaatning «raqamli izi» qoladigan tizim yaratilgani o‘z natijasini berdi.

Lekin, ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurgani qayd etildi.
Yangi ichki ishlar vaziriga har bir mahalladagi profilaktika maskanlarini kuzatuv kamerasi va har bir inspektorni «bodi kamera» bilan ta’minlab, huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi platformani ishga tushirish topshirildi.
Jinoyatlarni hisobga olish tizimini to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.
Prokurorlar tergov ustidan nazoratni susaytirib yuborgani ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, sudlar tomonidan 637 ta jinoyat ishi kamchiliklari uchun tergovga qaytarilgan.
Bosh prokuratura tergov sifatini oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yanada qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.
Bosh prokuratura ham, Ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Tizimli ravishda jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaliklarini o‘tkazib borish muhimligi ta’kidlandi.
Parlamentdagi mas’ul qo‘mitalar mahallagacha tushib, har bir jinoyatning kelib chiqish sabab va omillarini aniqlab, tuman, viloyat prokurorlari va ichki ishlar boshliqlarini oldiga aniq vazifa qo‘ysa, bu borada yaxshi tajriba bo‘lishi qayd etildi.
Bosh prokuror va ichki ishlar vaziriga har chorakda Milliy kengash oldida, viloyat, tuman prokurorlari va ichki ishlar boshliqlari esa har oyda hududiy kengashlarda hisobot beradi va jamoatchilikka murojaat bilan chiqadi.
«Murojaat deganda, umumiy gaplar kerak emas. Bunda har bir soha va jinoyatchilik turi bo‘yicha oldini olish, omillarini bartaraf etish borasida aniq qiladigan ishlarini aytishi kerak», - dedi prezident.
Milliy kengash har oyda tuman va shaharga tushib, o‘z yig‘ilishini bevosita ichki ishlar bo‘limlarida o‘tkazishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

18:42 / 02.05.2025
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi

17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi

16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi

15:29 / 02.05.2025