Xorazm viloyatidagi “Damas” zavodida 7 örindiqli, Yevro-5 klassiga mos avtomobil işlab çiqariş boşlanadi. Bu haqda viloyatga taşrifi çoğida Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

“Prezident Tuproqqal’adagi “Damas” zavodi böyiça katta yangilikni aytdi. Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil işlab çiqariş boşlanadi.

Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 örindiqqa ega böladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yiğiş usulida işlab çiqarişni boşlaş, 2027 yilda töliq siklga ötib, mahalliylaştirişni 50 foizga olib çiqiş topşirildi.

Aynan qanaqa modeldagi avtomobil haqida gap ketayotgani ma’lum emas. Şuningdek, “Damas” işlab çiqariş davom ettiriladimi-yöqmi, bu ham savol ostida.

Eslatib ötamiz, sönggi vaqtlarda Piskent avtopoligoni bilan boğliq köplab muhokamalarda Özbekistonda 29 yildan beri işlab çiqarilayotgan “Damas” avtomobilining xavfsizligi va texnik talablarga javob berişi savol ostiga olingan edi.

Damas avtomobilining tarixi 1985 yildan çiqa boşlagan Suzuki Every'ga borib taqaladi. Avtomobilni Asakada işlab çiqariş 1996 yildan boşlangan, 2014 yildan Pitnakka köçirilgan.