Jamiyat | 12:09 / 14.04.2017
5669
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda saratonga tashxis qo‘yish uchun saqich ishlab chiqiladi

Amerikaning Volatile Analysis kompaniyasi saraton xastaligiga tashxis qo‘yishda qo‘l keladigan saqich ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tech Times portalida yozilmoqda. 

Taxminlarga ko‘ra, saqich saraton o‘smalaridan chiquvchi birikmalarni tahlil qiladi. Saqichni chaynash vaqtida so‘lakdagi birikmalar saqich bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi va tanada kasallik bor-yo‘qligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, turli tana a'zolaridagi o‘simtalar turli xil birikmalarni ishlab chiqaradi, shunga muvofiq, saqich yordamida bemor qaysi saratondan aziyat chekayotganini aniqlash mumkin bo‘ladi. 

Hozircha, saqich ishlab chiqarish bosqichida bo‘lib, u qanchalik samarali bo‘lishi noma'lum. Kompaniya, shifokorlar va bemorlar saqichdan qon va peshob tahlillari o‘rniga foydalanishlari mumkinligini aytmoqda. 

Mavzuga oid