Köplab onkologlar saraton kasalliklarining eng samarali profilaktikasi — soğlom va muvozanatli ovqatlaniş ekanligini aytişadi. Çunki ötkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ayrim mahsulotlar muntazam iste’mol qilinganda onkologik kasalliklar rivojlaniş xavfini kamaytirişi aniqlangan. Şunday foydali mahsulotlar haqida bilasizmi?

Ratsionda bölişi tavsiya etiladigan mahsulotlar

Karam

Brokkoli, oddiy, gulkaram va bryussel karami tarkibida antioksidantlar mavjud. Ular kökrak bezi saratoni va boşqa turdagi ösmalar xavfini kamaytirişga yordam beradi. Karam tarkibidagi izotiosianat moddasi ösma hujayralari uçun zaharli bölib, soğlom hujayralarga salbiy ta’sir körsatmaydi.

Don mahsulotlari

Dukkakli mahsulotlar antioksidantlar, ozuqa tolalari va fitoestrogenlarga boy. Ular içak saratoni xavfini kamaytirişda muhim ahamiyatga ega. Loviya, nöxat, söli, moş va yasmiq kabilar şular jumlasidandir.

Qora-yaşil bargli kökatlar

Şpinat, rukkola, rayhon kabi kökatlar karotinoidlarga boy bölib, organizmdan xavfli erkin radikallarni çiqarişga yordam beradi.

Uzum

Uzum tarkibidagi resveratrol kuçli antioksidant bölib, hujayralarning şikastlanişining oldini olişi mumkin.

Kök çoy

Kök çoy flavonoidlarga boy. Ularning ayrim turdagi saratonlar — jumladan, içak, jigar, kökrak bezi va prostata saratoni rivojlanişini sekinlaştiriş xususiyati borligi qayd etilgan.

Pomidor

Pomidor tarkibidagi likopin moddasi prostata, kökrak bezi, öpka va oşqozon saratoni xavfini kamaytirişga yordam beradi.

Çernika (qora malina)

Boşqa rezavorlarga nisbatan foydali moddalarga boy bölgan çernika turli xil saraton kasalliklari xavfini kamaytirişi mumkin.