O‘zbekiston | 10:10 / 05.08.2021
36736
2 daqiqa o‘qiladi

SSV yangi antirekord haqida xabar berdi, kunlik bemorlar soni 1,5 mingdan ortiq, o‘lim holatlari ham oshmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 951 kishida koronavirus, 559 kishida pnevmoniya aniqlangani, ikki kasallikdan jami 13 bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Bu pandemiya davrida kunlik holatlar bo‘yicha qayd etilgan navbatdagi antirekord hisoblanadi.

«2021 yil 4 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 133852 (+951) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 101 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 43 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 103 nafari Jizzax viloyatida,
  • 34 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 99 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 102 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 95 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 32 nafari Xorazm viloyatida,
  • 106 nafari Toshkent viloyatida,
  • 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 79 nafar,
  • Andijon viloyatida 114 nafar,
  • Buxoro viloyatida 11 nafar,
  • Jizzax viloyatida 118 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 37 nafar,
  • Namangan viloyatida 26 nafar,
  • Samarqand viloyatida 108 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 117 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 95 nafar,
  • Xorazm viloyatida 40 nafar,
  • Toshkent viloyatida 84 nafar,
  • Toshkent shahrida 103 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 127309 (+932) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV ilk marta bir kunda 9 kishi koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berdi, endilikda rasmiy statistikaga ko‘ra ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 910 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 4 avgust kuni 559 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 12984tani tashkil etdi. So‘nggi bir kunda pnevmoniyaga chalinganlarning 477 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 5495 nafarga yetgan.

Pnevmoniya bemorlarining 4 nafari vafot etib, shu kungacha ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 87 nafarga yetdi.

Mavzuga oid