Sport | 22:26 / 06.09.2016
7324
1 daqiqa o‘qiladi

Sambo sport turi 2024 yilgi Olimpiada dasturiga kiritilishi mumkin

Foto: © TASS

Rossiya sport vaziri o‘rinbosari Pavel Kolobkov sambo sport turi 2024 yilgi yozgi Olimpiada dasturiga kiritilishi mumkinligini ma'lum qildi. 

"2020 yilgi dastur belgilab bo‘lingan, unga 5 ta yangi sport turi, jumladan karate kiritilgan. Agar juda harakat qilsa, samboni 2024 yilgi Olimpiada dasturiga kiritish mumkin.

Biror sportni olimpiada dasturiga kiritish uchun butun bir tartibot bor. Bu Umumrossiya federatsiyasiga emas, balki Xalqaro federatsiya, uning tegishli masalalarni qanchalik tezkor hal qilishiga bog‘liq bo‘ladi", deb aytdi Kolobkov.

 

Mavzuga oid