Rossiyadagi «Lujniki» sport majmuasida sambo böyiça jahon kubogi bellaşuvlari yakunlandi. 22-23 mart kunlari bölib ötgan musobaqada Özbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli iştirok etişdi. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi xabar berdi.
Turnirning ikkinçi kun dasturida özbekistonlik samboçilar 5 ta kumuş va 2 ta bronza medallarini jamğarişdi. Zarnigor Örmonova (56 kg), Şerzod Rasulov (62 kg, jangovar sambo), Ne'mat Yoqubov (90 kg, jangovar sambo), Istam Qudratov (74 kg, jangovar sambo), Hakimjon Ismoilov (+100 kg, jangovar sambo) kumuş medal qölga kiritgan bölsalar, Abbos Jalolov (74 kg) va Ikrom Abdukarimov (52 kg, jangovar sambo) bronza medali egasiga aylanişdi.
Birinçi kun bellaşuvlarida terma jamoamiz vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumuş va 3 ta bronza medallarini qölga kiritişgan edi.
Şu tariqa Özbekiston delegatsiyasi joriy musobaqada 2 ta oltin, 6 ta kumuş va 5 ta bronza medallarini jamğarişdi va jangovar sambo yönalişida umumjamoa hisobida ikkinçi örinni qölga kiritişdi.








