Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida
Oq uy rahbari Ukraina bilan muzokaralar uchun Turkiyaga borgan Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Putin kiritilmaganidan xafa emasligini qo‘shimcha qildi.
Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmaguncha Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida hech qanday taraqqiyot bo‘lmasligini aytdi, deb xabar berdi Reuters.
«Putin va men uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi», dedi Tramp jurnalistlarga.
Tramp Ukraina bilan muzokaralar uchun Turkiyaga borgan Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Putin kiritilmaganidan xafa emasligini qo‘shimcha qildi, deb yozdi CNN. U Rossiya delegatsiyasi tarkibi haqida hech narsa bilmasligini ta’kidladi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar 15 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Donald Tramp Turkiyaga borishga tayyorligini aytdi, biroq Vladimir Putin muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortgach, bu g‘oyadan voz kechdi. Tramp zarurat tug‘ilsa, 16 may kuni Turkiyaga borishga tayyorligini aytdi.
Kreml yaqin kunlarda Putin va Trampning uchrashuvi rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11 / 21.01.2026
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15 / 21.01.2026