O‘zbekiston | 07:59 / 28.03.2019
8081
3 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi tashkil etiladi 

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi PQ–3981-son qarori bilan tashkil etilgan Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha komissiya ishchi organi sifatida boshqaruv xodimlarining cheklangan shtat birliklari 20 nafardan iborat bo‘lgan, budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi tashkil etiladi.

Belgilanishicha, Loyiha ofisiga O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining elektr energetika tarmog‘ini nazorat qiluvchi o‘rinbosari boshchilik qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining “Qishloqenergoloyiha” AJ negizida innovatsion texnologiyalar va hozirgi zamon ilm-fani yutuqlarini qo‘llagan holda 0,4 kVdan 500 kVgacha kuchlanishli barcha tipdagi elektr tarmoqlarini loyihalashtiradigan zamonaviy ko‘p tarmoqli “O‘zenergoinjiniring” AJ loyiha tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zenergoinjiniring” AJni zamonaviy texnika va hisoblash vositalari, apparat dasturiy mahsulotlari bilan qo‘shimcha jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining moliyaviy mablag‘lari, shu jumladan, grantlari va qarz mablag‘lari jalb etilishini nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar respublikada foydalanilayotgan elektr energetika obektlari uchun uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada kengaytirish dasturini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Mavzuga oid