Jamiyat | 07:41 / 18.08.2025
5092
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Chilonzor» metro bekati yaqinidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

Bu paytda issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi Farhod ko‘chasining bir qismi 10 kun muddatga yopiladi, deb xabar berdi tuman hokimligi.

Ko‘chaning Shuhrat chorrahasidan «Chilonzor» metro bekati chorrahasiga qadar qismi 18 avgustdan 30 avgustgacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Qayd qilinishicha, bu paytda issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

Mavzuga oid