O‘zbekiston | 22:31 / 25.07.2018
14887
3 daqiqa o‘qiladi

IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi qabul e'lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 1-sonli Toshkent akademik litseyi 2017/2018-o‘quv yili yakuni bo‘yicha paydo bo‘lgan bo‘sh o‘quvchi o‘rinlariga tanlov e'lon qildi. Tanlovda Toshkent shahrida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-sinfini va o‘rta–maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 1-2-o‘quv kursini yaxshi va a'lo baholarga tamomlagan, sog‘lom, namunali xulqqa ega o‘quvchilari qatnashishlari mumkin. 

Tugallangan o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablarning 10-sinfidagi va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 1-o‘quv kursini tamomlagan o‘quvchilar IIV akademik litseyining 2-o‘quv kursiga, o‘rta-maxsus kasb hunar ta'limi muassasalarining 2-o‘quv kursini tamomlagan o‘quvchilar IIV akademik litseyining 3-o‘quv kursiga qabul qilinadi. 

O‘qishni ko‘chirish tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 2018 yil 25 avgustgacha qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Gyote ko‘chasi, 54-uy. IIV 1-sonli akademik litseyi (mo‘ljal: Qorasuv-6 mavzesidagi Toshkent viloyati IIB YHXB).

Talab etiladigan hujjatlar:

a) akademik litsey direktori nomiga ariza;
b) belgilangan shakldagi so‘rovnoma;
c) o‘qish joyi va MFYdan tavsifnoma;
d) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;
e) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi ma'lumotnomaning nusxasi;
f) o‘quvchi o‘zi tahsil olgan o‘quv muassasaning oxirgi ikki o‘quv yilida fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish natijalari ko‘rsatilgan ma'lumotnoma (direktor tomonidan tasdiqlangan tabel nusxasi);
g) 3 x 4 sm. o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm. o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).


Batafsil ma'lumotni IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyida tashkil etilgan Ishchi guruhidan olishingiz mumkin.

Mavzuga oid