O‘zbekiston | 20:20 / 31.01.2018
93021
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuror o‘rinbosari Rustam Inoyatovga birinchi o‘rinbosar bo‘ladi 

Bosh prokuror o‘rinbosari Bekzod Mardonovich Mavlonov O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi Rustam Inoyatovga birinchi o‘rinbosar bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Bekzod Mavlonov 2017 yil yozida Murodjon Azimov o‘rniga bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘lgandi. Mavlonov undan avvalroq bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i sifatida ishlagan.

Foto: Bekzod Mavlonov / Xalqaro press klub

Bundan oldinroq Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani, uning o‘rniga Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev tayinlangani ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid