Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari tarjimasi bilan shug‘ullanadigan tarjimonlar guruhi tashkil etiladi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Jahon adabiyoti durdonalari: o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tarjimonlar guruhi shakllantirilganini ma'lum qildi.
Uyushma raisining so‘zlariga ko‘ra, markazda jahon va qardosh tillardan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan jahon va qardosh tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan tarjimonlar guruhi tashkil etilmoqda.

Tadbirda tarjimonlar mehnatiga munosib haq to‘lash, shuningdek, tarjima ishlari uchun oldindan qisman to‘lovlar tartibi, bu borada qonunchilik talablariga rioya etilishi kabi masalalar muhokama etilmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 10.07.2025
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
09:13 / 05.09.2023
Kemerovoda Usmon Nosir haykali ochildi
19:53 / 21.11.2022