Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Aisha Home Textile" Toshkentda Mahalliy uy to‘qimachilik mahsulotlari markazi ish boshladi
Toshkentda Mahalliy uy to‘qimachilik mahsulotlari markazi ish boshladi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan bugungi kunda milliy brendlarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, milliy kiyim-kechak va to‘qimachilik brendlarini mamlakat ichi va chet ellarda targ‘ib qilish strategiyasi ishlab chiqildi va uyushmaning ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholini sifatli va arzon mahalliy mahsulotlar bilan ta'minlash belgilandi.


Joriy yilning 31 mart kuni Toshkentda Mahalliy o‘y to‘qimachilik mahsulotlari markazi ochildi. Ushbu loyiha tashabbuskori 2012 yilda Namangan shahrida tashkil etilgan Aisha Home Textile korxonasidir. Kompaniya 100 foiz paxta tolasidan yuqori sifatli sochiqlar va har xil turdagi xalatlar ishlab chiqaradi.



Markazning ochilish marosimida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati, sanoat korxonalari, Turkiya, Ruminiya va Ukrainadan mehmonlar, madaniyat va OAV sohasi vakillari, blogerlar ishtirok etishdi.

Mahalliy uy to‘qimachilik mahsulotlari markazi – bu to‘qimachilik mahsulotlarining yuqori sifatli va o‘ziga xos dizayni namunasidir. Bu to‘qimachilik sanoatida katta qadam. Lux Class mahsulotlari Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning shu kabi mahsulotlari bilan erkin raqobatlasha oladi.


Kompaniya asosan sochiqlar, xalatlar, sauna to‘plamlarini ishlab chiqaradi. Raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun «Staubli» va «Itema» fransuz va italyan to‘quv dastgohlari o‘rnatildi, ular turli zichlikdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga va tikuvchilik bo‘limida jakkardli to‘qishga imkon beradi. Dilmenler kompaniyasining dastgohlari sochiq mahsulotlarini bo‘yashga qaratilgan. Ishlab chiqarishda atomatik liniya o‘rnatilgan bo‘lib, bu qo‘l mehnatini sarflamaydi va Germaniyaning zamonaviy Texpa va Azimo tikuv mashinalari mahsulotlarni yuqori sifatda amalga oshirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda "Aisha Home Textile" korxonasi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda sochiq, vafli sochiqlari, barcha turdagi salfetkalar, choyshablar, xalatlar ishlab chiqaruvchi va mahsulotlar assortimenti bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Mahsulot 100 foiz paxtadan tayyorlanadi. Korxonada ishchilarning umumiy soni 450 kishidan oshadi.

Bugungi kunda Aisha brendi nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham sifat ko‘rsatkichi sifatida tanilgan, tayyor mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belorussiya, Ozarboyjon, Moldova, Germaniya, AQSh kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda, G‘arbiy Yevropa va arab mamlakatlariga mahsulot etkazib berish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov o‘z nutqida hozirgi kunda O‘zbekiston aholisi orasida mahalliy to‘qimachilik mahsulotlariga talab oshib borayotganini alohida ta'kidladi. Mamlakat bo‘ylab paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan yetishtirilgan paxtadan ishlab chiqarilgan «Xalksevar-Vatansevar» mahalliy to‘qimachilik do‘konlari yaratilmoqda. Shuningdek, Uy to‘qimachilik mahsulotlari markazida taqdim etilayotgan mahsulotlar sifati jihatdan yagonaligi va bu turdagi markazlar mamlakatning barcha hududlarida yaratilishi aytildi.
Yagona ma'lumot markazi:+998 (91) 181-79-79
Telegram: t.me/aishahome_uz
Sayt: www.aishatextile.com
Instagram: @aisha.home.textile
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 02.09.2024
O‘zbekiston ilk bor yirik to‘qimachilik va moda sanoati tadbiriga mezbonlik qiladi
21:58 / 18.03.2024
Uchta uyushma raislari o‘zgardi
10:00 / 10.01.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Germaniyada namoyish qilinmoqda - Heimtextil 2024
07:33 / 08.04.2022